maktub..." Rassomlik kollejida
öqib yurganimda bir g'alati voqea
röy bergan... O'qituvchimiz tabiat
manzarasini chizib topshirishga
bir hafta muxlat bergach, nima chizishni o'ylab qoldim. Ijara uyim
ortida qabriston bo'lib, undagi
majnuntollar ularga har safar
ko'zim tushganida ko'nglimga
ma'yuslik solardi. Shu manzarani
qog'ozga tushirishga ahd qildim. Darsdan keyin dastgohlarimni
kötarib qabristonga bordim.
Ishga qiziqib ketganimdan kimdir
yelkamga qo'lini qo'yganida
seskanib tushdim. Ortimda o'zim
tengi bir qiz jilmayib turardi. - Chiroyli chizarkansan, -dedi u
rasmga tikilib. O'sha kuni o'zini
Lola deb tanishtirgan qiz bilan
anchagacha gaplashib o'tirdik. U
shu atrofda yashashini va rasm
chizishga qiziqishini aytdi. Shundan keyin bir hafta
davomida u bilan har kuni
qabristonda uchrashib turdik.
Rasmni tugatar paytim u menga
bir iltimosi borligini aytdi.
-"Gulzor" köchasi, 19-uyda yashovchi yigitga mana shu
maktubni berib qo'ya olasanmi? -
dedi u yerga qarab. Men rozi
böldim. Shoshib turganim uchun
ertaga gaplashamiz deb
xayrlashdim va Lola aytgan uy darvozasidan maktubni tashlab
ijara uyimga yugurdim. Ertasi
kuni darsdan qaytsam, uy egasi
vahimali xabar bilan kutib oldi.
19-uyda yashovchi yigit, aqldan
ozib, o'zini osib qo'yganmish. Qo'rqib ketdim. Negadir o'z-
o'zidan oyoqlarim qabriston
qabriston tomonga yetakladi.
Lola
bilan uchrashadigan o'rindiqda
ancha o'tirdim, lekin undan darak bölmadi. Qaytayotganimda
ko'zim
yo'ldagi qabr toshiga tushdi va
dahshatdan qotib qoldim: ''Lola
Sultonova. 1981-1997 yillar''... Yugurib
uyga keldim va uy egasidan Lolani surushtirdim.
Ma'lum bo'lishicha, 19-uyda
yashovchi yigit bir paytlar qo'shni
mahallada yashovchi Lola degan
qizni aldab uylanmagan, nomusga
chidolmagan qiz joniga qasd qilgan ekan
m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupJoin&st.groupId=52123883536484&_prevCmd=altGroupRestricted&tkn=6536
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев