Dilim pora böldi egildi bu bosh
Körgan kunim böldi faqat dard alam
Yana ne istaysan mendan qalamqosh
Yuragimni senga hadya etgandim
Özgadan tongandim özdan kechgandim
Aqlimdan ayirding hushdan ayirding
Balki yaxwi bolar ishqdan ketganim
Vujudim olovda kuyayotgandek
Osmonlar yelkamga qulayotgandek
Negadir közlarim porlamas kulmas
Tomirimda qonim töxtayotgandek
Asl sevgi rishtalari uzulmas
Dildan ne kecsaham sevgi buzulmas
Menga bergan sevging soxtamikan yor
Muxabbatdan kechgan köngil köngilmas
G'uborga aylansa edi bu vujud
Shamolda sovrulib bölardim unut
Yoki aylansaydim bir tomchi suvga
Quyoshda qovrulib bölardim bulut
Musaffo tong kabi sof edi sevgim
Afsuski bilmading shuni sevgilim
Zimiston tun kabi qöyding kuydirib
Yana ne istaysan mendan ayt gulim
Erkasan qöymaysan öjarligingni
Yolg'onga chiqarding tuyg'ularingni
Mayli ne bölsaham bu yog'i taqdir
Unutgayman endi kulgularingni
Mayli xuwqol mayli qorasoch
Zuxriddinga uchradi sendek bag'ritosh
Xayr demoqqaham yetmaydi bardosh
Baribir sevaman seni qalamqosh
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев