Boshimdan arimay qolganda g'amlar
Ko'nglimni cho'ktirsa, o'rtasa kamlar
Teng kelolmas sizga qoshimqalamlar
Tungi quyoshim - umr yo'ldoshim
Yomon kunlarimda madad bo'lasiz
Yurakka o't ketsa dalda bo'lasiz
Sog'ingan damimda bilmam qaydasiz
Tungi quyoshim - umr yo'ldoshim
Siz bilan dardlashsam dardim qolmaydi
O'zga bir insondan ko'ngil to'lmaydi
Yurak sizni so'rab tinim bilmaydi
Tungi quyoshim - umr yo'ldoshim
Sizdan topdim onamning yuzlarini
O'sha mehr va shirin so'zlarini
Qiynamang namlamang oshiq ko'zlarini
Tungi quyoshim - umr yo'ldoshim
Olloh nasib etgan eng buyuk baxtim
Faqat sizdir mening tilagim axtim
Boshimga ko'taray bilib toj taxtim
Tungi quyoshim - umr yo'ldoshim
Gulga o'rab asrab yashayman
Poyingizga baxtlar to'shab yashayman
Armonlaringizni haydab yashayman
Tungi quyoshim - umr yo'ldoshim
Ko'ksimga tepadi xasta bu yurak
Umrimda o'zingiz eng ezgu tilak
Zuxriddinga hayotda faqat siz kerak
Tungi quyoshim - umr yo'ldoshim.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев