Xayolimda shirin tuyg’u
Orzularim hurkak ohu
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Yig’laymanuko’zimda yosh yo’q
Bari tugab bo’lgan bardosh yo’q
Shirin suhbatlarda sensiz kulish yo’q
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Bahorgi gul bog’lar xazon sezilar
Seni eslaganda bag’rim ezilar
Sensiz yashamoqdan umid uzilar
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Muhabbatdan kuygan Majnun Farxodlar
Oshiqlar xazondir chekib faryodlar
Sevgidan so’z ochsam tog’-u tosh dodlar
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Xayollar suraman zora uchratsam
Yo’lga otlanaman jamoling ko’rsam
Kechalaring bedor qilib tushingga kirsam
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Dardlarim aytgani darddosh topilmas
Go’zallar ko’p lekin o’zga kerakmas
Oshiqning yuragi sensiz butunmas
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Qismat muhabbatla sinar oshiqni
Qaylarga urayin bu dardli boshni
Bilmayman yuragim qayga qo’yishni
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Qahrli bahodirlargaham sevgi berdilar
Sevgidan jabr ko’rgan ne-ne bedillar
Oshiqni bedor qilar qorong’u tunlar
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Yashnagan bog’larning yaprog’ida sen
Bemor yuraklarning cho’qqisida sen
Shoir ilhomining qaqrog’ida sen
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Uyquga ketaman kutib bir ilinj
Sendan kelarmideb xat xabar sevinch
Yurakni o’rtadi qiynadi sog’inch
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Ishq dardidan savdoiyga o’xshayman
Har tong turib faqat seni o’ylayman
Ifor sochib kelishingni qo’msayman
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Tashlab ketib bemor dilda pushaymon
Nega sendan ayrildim yo’ldan chaldimi shayton
Quvnoq kulgung ko’nglimi qilar vayron
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Bahorham bu ko’zga xazon ko’rinar
Jamolingni izlayverib ko’zlar qiynalar
Topolmay o’z taftida yurak dog’lanar
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Yigitning sevgisi qizga arzonmi
Oshiqlar barisi mendek sarsonmi
Unutish qiyinku sevish osonmi
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Yo’llar boshlaydilar sen tomonlarga
Bog’lar aylandilar vayronalarga
Dillar dog’landilar bu hijronlarga
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Shoirlar yozdilartoshlarni o’yib
Hofizlar kuyladi ko’ksini yorib
Men qayga borayin o’zimdan qochib
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Gullarning ifori seni eslatar
Seni eslaganda yurak ezilar
Nahot orzularim armonim bo’lar
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Ayrilmaymiz deya va’dalar berding
Shirin nozlar qilib labingni burding
Hijron ko’chasida tashlading ketding
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Oshiqning yuragi sen birla butun
Sog’inchli bu tunlar qorong’u bir tun
Menga baridanham o’zingsan ustun
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Rassomlar naqshinkor suratlar chizdi
Zuxriddin dardini qog’ozga yozdi
Va yana bir bora so’ragim keldi
Birinchi muhabbat qaylarda qolding
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев