Onasini qiynab qo’yishdan qo’rqqan shekilli,
u vrachlar yordamisiz tug’ildi.
Oradan bir kun o’tib, bu chaqaloq
o’zini shahar chekkasidagi tashlandiq sovuq yerda ko’rdi.Onasi: -Bolajonim,oppog’im, o’g’lim.
Dunyoga bevaqt keldingda. Hozir zamon judayam o’zgarib ketgan.
Men sen bilan qayerga ham sig’ardim.
Ota-onam ko’rsa seni ham menim ham o’ldirishadi.
Mening esa hamma hayotim oldinda.
Sen meni kechir. Sen faqatgina uxlaysan xolos.
Shirin uyquga ketasan.
Mendek gunohkor onangni kechir.
Endi uxla.Chaqaloq:
-Farishtam onam qayerga ketdi?
Farishta: -Bilmadim, lekin sen o’ylama hozir qaytib keladi.
Chaqaloq: -Farishtam senga nima bo’ldi?
Nega ovozing bunaqa? Yig’layapsanmi?
Oyijonimga tezroq ayt kelsin.
Bu yer juda sovuq ekan sovqotib ketyapman.
Farishta: -Yo’q toychoq, men yig’lamayapman
senga shunaqa tuyulgan shekilli.
Men hozir onagni olib kelaman.
Sen faqat uxlab qolma,
balandroq yig’la. Yig’la toychoq, yig’la.
Chaqaloq: -Farishtam axir onajonim uxla dedilar. Uxlashim kerak.
Bu orada esa shu joyga yaqinroqdagi
uylarning birida navbatdagi janjal.
-Azizam, xafa bo’lmagin axir tirnoqqa zor faqat biz emasku.
Bu dunyoda qanchalab oilalar farzand asrab olib, baxtu kamolini ko’rmoqda.
Biz ham asrab olamiz faqatgina baxtimga sog’ bo’lsang bo’ldi. - Azizim, keling, negadir tashqariga chiqqim kelyapti.
Yuring. Meni kimdir chaqiryapti.
- Senga nima bo’lyapti, soatga qara. Qayoqqa?
-Tezroq, tezroq boraylik.
Bilmadim qayoqqa lek yuragim guppilab uryapti,
qayoqqadir borishim kerak. Meni tushuning.
Yuring. -Faqat sen uchun, mayli yuraqol.
Uydan yosh oila chiqib yo’lak bo’ylab tez yura boshlashdi.
-Azizam negadir, sen o’zingni ovora qilyapsan,
qayaqa ketyatganingni ham bilmayapsanu.
-Azizim xuddi kimdir qo’limdan tortib ketayotgandek......
-Menga va’da ber ertaga hech ish qilmasdan uyda dam olasan. Tamom. Men vrachingga ham telefon qilib gaplashib qo’yaman.
-Jiiiiim kimningdir yig’i ovozi eshitilyapti.
-Ha o’sha tomondan chaqaloq ovozi eshitilyapti.
Farishta: -Toychoq qani bor ovozing bilan baqir.
Yig’la oppog’im yig’la. Chaqaloq:
- Farishtam, qayoqqa ketib qolding. Men sovqotib ketdim. Judayam sovuq ekan. Seni rosa chaqirdim.Onamni topdingmi?
Farishta: -Yig’la balandroq yig’la onang kelyapti.
U judayam yaqin qoldi
. Ayol: -Ey xudoyim bu chaqaloqku, kim qo’yib ketti ekan.
Judayam muzlabdi. Tezroq uyga olib kiraylik. Tezroq.
- Azizam ohlarimiz xudoga yetib boribdi.
Chaqaloq: -Farishtam onamning ovozi o’zgaribdimi?
Farishta: -Yo’q begunoh farishtaginam, bu sening haqiqiy onangning ovozi
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев