Men o'lsam kelarsiz oshimga
Ey mening bevafo do'stlarim
Go'yoki qo'limdan tutarsiz
Kunglimni kulib shod etarsiz
Yiqilsam tepkilab o'tarsiz
Ey mening bevafo do'stlarim
Jonimni azoblab to'ymaysiz
Hech kimni menchalik "suymaysiz"
Ne uchun holimga qo'ymaysiz
Ey mening bevafo do'stlarim
Tinglamang dildagi zorimni
Yo'q qilmoq istaysiz borimni
Ham yo'ldan o'rasiz yorimni
Ey mening bevafo do'stlarim
Bilmaysiz siz mening dardimni
O'lsam ham sinaysiz sabrimni
Tepkilab to'ymaysiz qabrimni
Ey mening bevafo do'stlarim
Dog'imda kuydirib OTAMNI
Buzlatsiz mushfiq ONAMNI
Ko'z yoshin to'karsiz hatto UKAMNI
Ey mening bevafo do'stlarim
Gado ham hol surar gadodan
Ne istab men ko'ngli adodan
Qo'rqmaysizmi hatto XUDODAN
Ey mening bevafo do'stlarim
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев