Microsoft kompaniyasi 2014-yilda o‘zining Bing nomli qidiruv tizimidan eng ko‘p izlangan mobil qurilmalar reytingini e’lon qildi. Bu haqda Mobinfo.uz sayti xabar berdi.
Unga ko‘ra 2014-yilda Bing’dan eng ko‘p izlangan mobil qurilma Apple kompaniyasining iPhone 6 smartfoni bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlar esa Xbox One o‘yin qurilmasi va Fitbit nomli fitnes gadjetiga nasib qildi. Quyida ushbu reytingning yuqori o‘nligi bilan tanishishingiz mumkin.
iPhone 6
Xbox One
Fitbit
iPad
Surface Pro 3
Kindle Fire
Windows Phone
Galaxy S4
Chromecast
Google Glass
Eslatib o‘tamiz, Apple iPhone 6 smartfoni Yahoo’dan 2014-yilda eng ko‘p izlangan so‘zlar reytingida to‘qqizinchi o‘rinni band etgan edi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев