Hammasidan charchadim.
Qani insonning qadri,
Yolg‘onlarga uchradim.
Yarimta yurak bilan,
Yozyapman qo‘lda qalam.
To‘yib ketdim rostanam,
Yomonlarga uchradim.
Bo‘yimga bo‘y mos izlab,
Haq yo‘llardan rost izlab.
Bitta sodiq do‘st izlab,
Nodonlarga uchradim.
Ketim titib to‘ymaslar,
Ko‘rolmaydi nokaslar.
O‘z holimga qo‘ymaslar,
Chayonlarga uchradim.
Men ham yarim dilmanku,
Tugab qolgan yo‘lmanku.
So‘layotgan gulmanku,
Bo‘htonlarga uchradim.
Tugab bitsam ichimdan,
Jon bersam shu yoshimda.
Ayb izlar har ishimdan,
Hayronlarga uchradim.
Yaxshilarning yurtida,
Sof ishonchning ortida.
Qarang inson sirtida,
Hayvonlarga uchradim.
Yarim ko‘nglim dog‘ mani,
Yurgan yo‘lim choh mani.
Qon tupurdim, oh mani,
Qopqonlarga uchradim.
Na do‘stim bor, na sevgim,
O‘ylasam kelar o‘lgim.
Nafrat alamga to‘ldim,
Ilonlarga uchradim.
Uchradim bir zulmatga,
Najot bormi Ahadga.
Qalbi to‘lgan hasadga,
Shaytonlarga uchradim.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев