Ki shoningga ahli olam qoldi hayron, o‘zbegim.
Qudratiga keksa moziy lol qolib aytdi sano,
Kechmishi tarix tilida bo‘ldi doston o‘zbegim.
O‘tmishi osmonida porlar daholar yulduzi,
Ertasi oftob nuridek ko‘p charog‘on o‘zbegim.
Oldi Ovropa andoza ibn Sino so‘zidan,
Ming tuman dard-u baloga bo‘ldi darmon o‘zbegim.
O‘t bo‘lib yondi Muqanna, o‘tdi mag‘rur Sarbaor,
Haq yo‘lida urdi tug‘yon, qildi isyon o‘zbegim.
O‘rmalab keldi mo‘g‘ul, bo‘ldi xaroba bog‘u-rog‘,
Chingiziy vayronalarni qildi bo‘ston o‘zbegim.
Necha yil o‘tdi firog‘da, nursiz o‘tdi necha yil,
Xurriyat vasli-la qildi ahd-u paymon o‘zbegim.
Keng quloch ochdi arab, ispan, farangi, turk, xitoy,
Yuz elat-millatga bo‘ldi zo‘r qadrdon o‘zbegim.
Qoldi Kreml labin tishlab, dog‘da qoldi Bukingem,
Qad ko‘tardi Oqsaroylar, qurdi Do‘rmon o‘zbegim.
Ham Samarqand bo‘ldi mag‘rur ro‘yi zamin sayqali,
Ham Buxoro qubbati din – ahli imon o‘zbegim.
Shu tabarruk elga meros hazrat Usmondan bitik,
Ko‘nglida turg‘un xidoyat naqli Qur’on o‘zbegim.
O‘zligin anglab kamolot sarhadini etdi ahd,
Barkamol avlodga berdi cheksiz imkon o‘zbegim.
Rustami doston misoli donani dono surib,
Keng jahon oqillariga berdi farmon o‘zbegim.
Yod olar yunon-u rumiy ne “chala” nadir “halol”,
Ori-chun tushdi kurash belbog‘li polvon o‘zbegim.
Iltifoti novvotidan shir olib tilni yorar,
Jonidan solgay poyondoz kelsa mehmon o‘zbegim.
Yurt ishiga kamarbasta – qayga borsangiz hashar,
El-ulus dardiga bo‘lgay joni qurbon o‘zbegim.
Erta ko‘klam qut eltigan qaldirg‘ochni siylasa,
Qishda qorni bilsa qutlug‘ – rizqi xirmon o‘zbegim.
Bol tugar kishmish-husayni, la’l to‘la sandiq – anor,
Dasht aro bor qildi Behisht usta bog‘bon o‘zbegim.
Toki qo‘lda halol mehnat, toki dilda oqibat,
Sen saodat manziliga borar karvon, o‘zbegim.
Senga baxshida bu madhim – iftixorim chashmasi,
Rozi bo‘lsang men. QANI KLASSSSSSS BORMIIIII
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев