Xorij matbuoti temir Maykning juda yaxshi sport firmasiga kirib borayotganligini qayd etmoqda. Ko‘pchilik muxlislari Taysonni haligacha«boks qiroli va dahosi», deb bilishadi.
Darhaqiqat, uni Jo Luis va Muhammad Ali kabi moziy yulduzlari bilan bir qatorda tilga olinishi bejiz emas.
Yuksak texnika va kuchli zarbalar sohibi bo‘lgan Mayk raqiblarini ringga chorlamoqda. Sport turlari orasida boks kabi janjal va mojarolarga boyi kamdan-kam topiladi. Bizning qahramonimiz ana shu janjallarning«oloviga kerosin quyuvchi»,«gugurti» sifatida ham nom chiqargan.
Mukammal texnika va qudratli hamda albatta nokaut bilan yakun topadigan zarbalari uning«Temir Mayk» nomi bilan shuhrat qozonishiga sabab bo‘lgan. Shuning uchun ham professional boks tarixida jahonning eng yosh mutloq chempioni bo‘lgandi. Xo‘sh, chempion Mayk nega ringdan chiqib ketdiyu, qanday qilib yana boks olamida paydo bo‘lib qoldi? Uni ringga qaytishga nima majbur qildi?
Ismiga«temir» nisbati qo‘shib aytiladigan Mayk Jerald Tayson 1966 yil 30 iyunda AQShning Bruklin shahrida tug‘ilgan. Otasi Pasel Tayson ichkilikka ruju qo‘ygan bo‘lishiga qaramay, ancha vazmin odam edi. Onasi Lorna Tayson esa farzandlaridan zahrini ayamaydigan badjahl ayollardan bo‘lgan.
Maykning boksga kirib kelishi qiziq voqea bilan boshlangan. U birinchi murabbiyining ofisiga borganida hali juda yosh, shunday bo‘lsa-da, 85 kg tosh bosadigan vaznga ega, gavdasi ham uni yoshiga nisbatan ancha katta ko‘rsatardi. Murabbiy Maykka boshdan-oyoq razm solib:«Kechir, o‘g‘lim, sen kechikibsan, biz o‘n sakkiz yoshga borib qolganlarni olmaymiz», deganida,«Qanaqasiga o‘n sakkiz? Endigina o‘n uch yoshga kirayapman-ku», deydi Mayk shosha-pisha. Bu gapni eshitgan murabbiy uni shu zahoti zalga boshlaydi. Maykning tezkor harakatlariyu, to‘xtovsiz urishlarini kuzatgan murabbiy bir umr orzu qilib kutgan odami shu o‘smir ekanligini his etadi.
Mayk boksni shunday o‘zlashtirdiki, mutaxassislar uning«total bokschi»ligini tan olishdi. U ham himoyani, ham hujumni birdek mahkam ushlay olardi. Zarur vaziyatda raqibni chalg‘itgan holda shoshirib qo‘yar, ringni erta tark etishga majbur etardi. Maykning temir irodasi to‘g‘risida uning raqiblari ham iliq fikrlarni bildirishadi.
Dastlabki o‘tkazgan janglarida Maykning raqiblari birinchi raund tugar-tugamas mag‘lubiyatini bo‘yniga olardi. Jang mahali Mayk«yo‘lbars»ga aylanar, unga yaqinlashish esa raqib uchun havas qilib bo‘lmaydigan holat bilan tugardi. Uning«ishtahasi ochilgan» paytda to‘xtatib qolish nihoyatda mushkul edi. Hatto uning murabbiysi:«Maykning qonga to‘lgan ko‘zlarini ko‘rsam, ring tashqarisida turganligimga shukr qilaman», degandi.
Temir Mayk jang boshlanishi bilan to‘xtovsiz do‘pposlashga kirishib ketar, raqiblarning bunga bardosh berishi esa juda mushkul vazifa edi. Natijada raqib himoyasi parokanda bo‘lardi. U professional boks olamiga chaqmoqdek yaraqlab kirib keldi. O‘zining birinchi mavsumidayoq u 15 ta jang o‘tkazib, barchasini nokaut bilan yakunladi. Endilikda raqiblari Maykka qarshi ringga alohida tayyorgarlik bilan chiqadigan bo‘lishdi. Shundan so‘ng Mayk mashhur promouter Don King bilan ishlay boshladi.
Ketma-ket g‘alabalar yosh Taysonni esankiratib qo‘ygandi. U bora-bora o‘ziga teng kuch yo‘qligiga ishona boshladi. G‘alabalar abadiy emasligini u hali idrok etolmasdi. Bu esa unga qattiq pand berdi. 1990 yil Tokio ringida Mayk Jeyms Duglasdan alamli mag‘lubiyatga uchradi. Duglas Taysonning ruhiyatini tushirib yubordi. Bu dramatik jang yakunlangandan so‘ng Evander Xolifild shunday degandi:«Jeyms Taysondan qo‘rqmagan birinchi bokschi bo‘ldi. Endi men ikkinchi bo‘lishim kerak». Bu mag‘lubiyat Maykka qattiq ta’sir qildi.
Ustiga-ustak«Qora miss Amerika» tanlovi g‘olibasi Dezire Vashington uni sudga berdi. 1991 yil 9 sentyabr kuni Indiana shtati Katta sudi Taysonni qonunning 3 ta moddasi bo‘yicha aybdor,
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев