Olis olislardan shamollar yeldi,
Qalbimni yolg'izlik hanjari tildi,
Bilmadim bugun yana mahzunman,
Negadur Onajon yig'lagim keldi.
Yoz faslida muzladi yurak,
Quyosh chiqdi nursizday falak,
Aytgin dunyo senga ne kerak,
Negadur Onajon yig'lagim keldi.
Yana kimni bilmay ranjitdim,
Kimlarnidir kuldirib ötdim,
Özimnichi butkul unutdim,
Negadur Onajon yig'lagim keldi.
Ötmishga bir zum nazar solgandim,
Ajoyib yoshlikni yodga olgandim,
Shirin xotiradan öyga tolgandim,
Negadur Onajon yig'lagim keldi.
Mana ulg'ayibman endi sezyapman,
Xayot köchasidan özim ötyapman,
Atrofda kimsa yöq yana ketyapman,
Negadur Onajon yig'lagim keldi.
Bolalik chog'im beg'ubor ekan,
Bugun janjanlashib erta unutgan,
Hasad yöq gina yöq orzular ulkan,
Negadur Onajon yig'lagim keldi.
Erkalik qilardim gohida suyib,
Gar betob bölsam jonlari kuyib,
Yana bag'ringizga boshimni qöyib,
Negadur Onajon yig'lagim keldi...
Muallif: Akbarshox Obidjonov
(Andijonlik Shoir)
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев