Предыдущая публикация
Seni sog'indim, sevdim degan so'zlaringni. Seni sog'indim, menga kulib boqishingni. Seni sog'indim, meni mushtoq kutishingni. Kechalari qora sochli tun kabi, kirib olsam qaniydi tushlaringa. Kunduzlari so'lib qolgan oy kabi, kirib olsam qaniydi qoshlaringa. Qaramasang oqib ketsam qaniydi, o'ralib sochlaringa. Eslamasang qolib ketsam qaniydi, aylanib yoshlaringa. Seni sog'indim men, esin yegan shamol kabi, izlaringni o'pib-o'pib yig'lasam edi. Seni sog'indim men, chamandagi gullar kabi, bo'ylaringni to'yib-to'yib hidlasam edi. Seni sog'indim men, sog'inganimni senga aytmasam va o'zim ham bilmasam edi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев