Yoshim 34 da. Yoshligimdan ichim yaxshi kelmaydi. Agar e'tibor bermasam 2-3 kunlab xojatga bormasligim mumkin. Natijada boshim ko'p o'g'riydi. Boshqalarga o'xshab qornim og'rimaydi. Masalan: qaymoqni ichib yuborsam ham, mevalar yeb orqasidan suv ham ichib yuboraveraman, xar qanday holatda ham qornim xech og'rimaydi.
Bunga yoshligimda uncha e'tibor bermagan ekanman, natijada teri kasalligiga chalindim.
Ich kelmaslikni davolatish bo'yicha 1-2 vrachlar bilan maslahatlashib lecheniya qilganman, lekin foydasini sezmadim, ozgina yaxshilandi. Lekin baribir, qoniqmayman.
2-3 yildan buyon senadeksin tabletkasini ichib yuribman, avvallari kuniga 1 dona ichardim ichim kelardi. Xozir 3 donadan ichyapman shunda ham yaxshimas. Ovqat yeyishim yaxshi, mevalar va salatlarni xar kuni yeyman, baribir yaxshimas.
Qanday tabiiy damlamalar bor ichni yaxshilaydigan, to'liq davolasa bo'ladimi?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев