:
Omading kelsa chopib
risqing chala termagin.
Besh 0lti so'm pul topib
Otanga dars bermagin.
Sen surgan shu davrni
U bir payitlari surgan
Sen ko'rgan shu
xo'rozni jo'jaligda ko'rgan
Beshigingni tervatib
Onag yonida turgan
Besh olti so'm pul topib
Otanga dars bermagin.
Sendek aqli rasoni keltirdi u dunyoga ulg'aytirdiku chidab
Qancha jabru jafoga
Senga o'xshash donolar
Yoqmas xatto Xudoga
Besh olti so'm pul topib
Otanga dars bermagin.
Farzandlaring oldida
Sen Otanga qilma do'q
Duo bersa baxra ol
Bundan ko'ngil bo'lsin to'q
Bazi millonerlarda
xamma narsa bor ota yo'q
Besh olti so'm pul topib
Otanga dars bermagin.
Sen yashagan uylarni
Otang qo'ygandi qurib
Bir payitlar qiynalib
Ne ne azoblar ko'rib
Olim bo'lib keldimi o'zga
Yurtlarda yurib
Besh olti so'm pul topib
Otanga dars bermagin.
Goxida so'z bermaysan
Tog'a amma xolanga
Qiliqlaring o'rgatma
kelajakta bolanga
mayli mayli
Dunyoga o't qo'y
kuyib bo'lsin alanga
Besh olti so'm pul topib
Otanga dars bermagin.
Rozi qilsang otangni
Ollox ochadi yo'ling
Ishlaring zo'r yurishib
Yana ko'payar puling
Elu yurtni oldida uzun
Bo'lsa xam tling
Besh olti so'm pul topib
Otanga dars bermagin...
Zuxriddin.................
https://www.youtube.com/watch?v=U_UbUPWiYz0
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев