Sevgilim,
Og`riydi dilim.
Jonim og`riyverar sizni o`ylasam.
Gulday yuzinggizni silar endi kim,
Meni eslarmisiz — yo`qmi o`shal
dam...
Bulutlar ko`k kezar kunda piyoda
Ufqqa oftob botar qizil gulxanday.
Armonim ekansiz yorug` dunyoda,
Sizni o`ylamasdan yasharman
qanday?
Ko`nglim ayvonida kuz hushtak
chalar,
Ko`zimdan yosh bo`lib yog`adi
yaproq.
Do`stlarim — takabbur
shoirvachchalar
O`zlarin sevishar yoridan ko`proq.
Kunlarning kaftida sevgi xanjari,
Bag`rimda begunoh bir gul so`ladi.
Toychoqqa aylanib goh kechalari,
Tuproqqa ag`anab yotgim keladi!..
Sevgilim,
Sevgilim,
Og`riydi dilim.
Jonim yomon og`rir sizni o`ylasam.
Sunbul sochingizni silar endi kim,
Meni eslaysizmi-yo`qmi o`shal dam.
Bilmayman,
Bilishni istamayman ham,
Bilganim — menga baxt nasib
etmadi.
Yillar o`taverdi, ko`zim o`ngidan,
Sizning oydek ruxsoringiz
ketmadi...
Dunyo omon bo`lsin,
Siz bo`ling omon,
Omadli bo`ling siz.
Baxtli bo`ling siz.
Lekin,
Bilib qo`ying,
bilib qo`ying hamon
Sizni unutolmas Muhammadingiz!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев