Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachon kishi bir gapni aytsayu, alanglab qarasa, o'sha omonatdir", dedilar". Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan. Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini "Hadis va Hayot" kitoblar to'plami 34-juzi.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Majlislar omonatdir. Faqat, uchta majlis: harom qonni to'kish, harom farj va nohaqdan molni olish", (bunday majlislar omonat emas) dedilar". Abu Dovud rivoyat qilgan. Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini "Hadis va Hayot" kitoblar to'plami 34-juzi.
Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Parchalash nimaligini sizga aytib beraymi? Odamlar orasida "dedi"lab chaqimchilik qilishdir", dedilar". Muslim rivoyati. Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini "Hadis va Hayot" kitoblar to'plami 34-juzi.
Ammor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimning bu dunyoda ikki yuzi bo'lsa, qiyomat kuni uning olovdan bo'lgan ikki tili bo'ladi", dedilar". Abu Dovud rivoyat qilgan. Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini "Hadis va Hayot" kitoblar to'plami 34-juzi.
Показать ещё