Hayotning ters
sõzlariga, Qonlar yutib kõngan
Onam,
Farzandiga chiroy berib,
Õzi gulday sõlgan onam.
Kõzlarimga mõltiragan, Shirin
sõzla dardim olgan. Dõstlar
kechib ketganda ham,
Faqat u yonimda qolgan.
Kõnglingizni oģritib bazan,
Bola bõlib nima qildim?
Toabad qarzdor keturman
Onajonim sizdan bildim.
Jannatimsiz onajonim,
Yiģlamagin deydigan.
Shirin nonni menga berib,
Qattiģini yeydigan.
Bozoridan bezor bõlib,
Baģringizga otildim.
Dõst- dushman iģvosidan
Gapdan gapga sotildim.
Yiģlasam kõz yoshlarimni
Artib qõygan mehribonim
Bu dunyoning ozoridan
Men uchun yolģiz qalqon.
Bergan oshi beminnatdur,
Bergan noni beminnat.
Umrining boshidan oxir.
Topgani-kõrgani mehnat.
Bemor bõlsam tuni bilan,
Atrofimda aylangan.
Jonim onam,necha ming bor,
Bu joningiz qiynalgan.
Bor shavkatim siz õzingiz,
Bor davlatim õzingiz.
Jonimga jon mador bõlgan,
Har bir aytgan sõzingiz.
Onalarning har qadami,
Har kalomi ģanimat.
Onadan ortiq dõst yõqdir,
Onalar-oliyhimmat.
Onajonim siz õzingiz,
Ka'bamsiz- sajdagohim.
Umringizni uzun qilsin,
Uzun qilsin Ollohim. Dardlarimni
aritasiz,
Tõkilgan yoshim mening.
Onajonim, siz bor- baland,
Egilmas boshim mening.
Yaxshi yomon kunlarimda,
Toqatim bardoshim onam
Hech kimsaga aytolmagan
Dardkashim sirdoshim onam.
Mayli, oshin sovudi deb
Choralab turing onajon.
Kechiksam gar chiroq bõlib,
Porlab turing Onajon.
Garchi Ona haqida kõp,
Yozganlar takror-takror.
Gul deya ash'or õqir kim,
Turganda Onaizor.
Sizga kamdir bir qasida,
Sizga kamdir ming doston.
She'rdan haykal qõyar sizga,
Dilbandingiz ög'lingz.
Sizga bõlsin barcha mehrim,
Muhabbatim armuģon.
Bu hayot hayot emas, Siz
Bõlmasangiz, Onajon.
Yonimizda har dam bõling,
Shirin sõzim Onajon.
Boringizga ming shukurlar,
Sizga ta'zim, Onajon!
http://odnoklassniki.ru/group/54935824695318 Ishlasang pul topiladi...!
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев