Предыдущая публикация
Umidlarim orzularni chorlamang
Ishonchlar yashashga zo'rlamang
Tinch qo'ying bir to'yib yig'lagim keldi!
Omadlarim bu dam bo'lganmi betob?
Yo'q dilda yashashga undovchi xitob
Zulmatlar ichraman, ko'rinmas oftob
Quyinmang bir to'yib yig'lagim keldi!
Ag'yormas, do'stlardan ko'nglim qoldi
Yot emas, yorni deb dilim dog'li
Bormikin, mendayin baxti qaroli
Rahm aylamang bir yig'lagim keldi!
Go'yo yolg'onchi dunyoda borligim yolg'on
Umrimni hijronga etgum armug'on
Nechuk barbod bo'ldi muqaddas qo'rg'on
Dalda bo'lmang baribir yig'lagim keld
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев