Предыдущая публикация
Tomchilar ovozida yashiringan sir.
Qanchalik sog'inganim senga ayonmi,
Derazamga o'ynoqlab urilgan yomg'ir?
Nahot nasib etdi yana diydoring,
Yuzlarimdan yuvilib kelding.
Mening hammadan ham yaqin sirdoshim,
Yurakdagi hasratlarim faqat sen bilding.
Shoshilma men bilan qolgin iltimos,
Yana ozgina fursat bo'lgin hamrohim.
Qalbimdagi tuyg'ularni yetkazsang mening,
Bevafoyim yuragiga yetolsa ohim.
Tushuntirgin unga sog'inganimni,
Har dam yo'llariga zorligim aytgin.
Gar ko'nmasa so'zlaringga mayli roziman,
Shalabbo bo'lgunicha sel quyib qaytgin.
#музыка
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев