(psixologik tes)
Odamga besh sezgi ato etilgan
deyishadi.Keyingi paytlatda oltinchi sezgi
haqida ham ancha-muncha gap
bo'lyapti. Bizningcha,ehtimol,ularning
soni bundan ham ko'proqdir.Faqat hali
inson o'zini ohirigacha anglab,tadqiq etib
ulgurmagan. Har holda xazil mutoyibani
his qila bilish ham ana shunday
sezgilardan biridir. Bu tuyg'uga butunlay
begona odam bo'lmasa
kerak.Ishonmasangiz quyidagi test
yordamida o'zingizni tekshirib ko'ring.
1.Har qanday jiddiy hayotiy
vaziyatlardan ham kulgili qirralarni topsa
bo'ladimi?
A)Albatta;
B)Menimcha topsa bo'ladi;
C)Bilmadim;
2.Kulgingiz kelsa doim ham ochilib-
sochilib kula olasizmi?
A)Ha,albatta;
B)Yo'q,ba'zan o'zimni tiyishimga to'g'ri
keladi;
C)Bilmadim;
3.Tug'ilgan kuningizga hadya qilingan
sovg'alar qanaqa bo'lishini hohlaysiz?
A)O'ziga hos;
B)Qimmatli va so'nggi modadagi;
C)Sovg'a bo'lsa bo'ldida;
4.Hazilni ko'tara olasizmi?
A)Ha,o'zim ham qo'shilishib kulaman;
B)E'tibor qilmayman;
C)Yo'q.Men bilan hazillashsa jahlim
chiqadi;
5.Latifabozlikka ustamisiz?
A)Ha,bu hunarga suyagim yo'q;
B)Bu kayfiyatimga,davraga bog'liq;
C)Yo'q,latifa aytsam o'zimdan boshqa
kishi kulmaydi;
6.Hayotda murakkab vaziyatlarga tushib
qolganingizda qaysi ruhiy hususiyatingiz
sizga yordam beradi?
A)Yumor tuyg'usi;
B)Kelajakka ishonch;
C)Mehnatsevarlik;
7.Nega eski qadrdonlaringiz
hamkasblaringiz bilan diydorlashib
turishni yahshi ko'rasiz?
A)Ko'ngilhushlik qilish yahshida ;
B)O'tgan-qaytganni eslasa, g'iybatlashsa
bo'ladi;
C)Bunday uchrashuvlarni yoqtirmayman;
8.Har yili birinchi aprelda yaqinlaringiz va
tanishlaringizni aldaysizmi?
A)Ha, busiz mumkin ham emasda;
B)Ba'zan yodimdan ko'tariladi;
C)Yo'q, umuman aldashni
yoqtirmayman;
9.Begonalar oldida o'z ustingizdan kulish
qo'lingizdan keladimi?
A)Kelganda qandoq;
B)Bilmadim;
C)Yo'q, buni eplay olmayman;
10.Tanishingiz boshiga tushgan falokatni
eshitganingizda...
a)Hayriyatki,fojea meni chetlab o'tdi(2);
b)Hamdardlik bildirishga oshiqasiz(3);
c)Menga buning aloqasi yo'q(1);
Natijalar:
Javoblaringiz ichida "A"guruhdagilari
ko'pchilikni tashkil qilsa, Siz tabiatan o'ta
quvnoq,hazilkash odamsiz."Bir gapirib
o'n kuladi" deb sizdaqalar haqida
aytishsa kerak. O'zingizdagi quvnoq
kayfiyat Atrofingizdagilarga ham o'tib
turadi.Siz kirgan davralarda darhol kulgu,
qahqaha ko'tarilishi bejiz emas. Ba'zan
o'ta hazilkashligingiz pand berib qolishi
mumkin.
Mabodo, aksar javoblaringiz "B" guruhga
mansub bo'lsa, kulishni, latifalar
eshitishni, hazillardan zavqlanishni yahshi
ko' rasiz.Ba 'zan o'zingiz ham latifabozlik
qilib turasiz. Ammo deylik, bir xonada
askiyabozlik bo'layotgan, boshqasida
yahshi bir badiiy film namoyish
etilayotgan taqdirda siz film tomosha
qilishni tanlardingiz.
Bordiyu qaytargan javoblaringiz ko'proq
"B" guruhdagilarga to'g'ri kelsa han
hafsalangiz pir bo'lmasin.Kulguni
umiman yoqtirmaydigan odamni o'zini
topish amrimahol.To 'g'ri ba'zi latifalar,
qochirimlar, komediyalar sizga bachkana
tuyuladi.Ehtimol siz haqdirsiz.Muhimi
haqiqatdan beg'ubor,kishini ruhini
tozalovchi kulgu bor.Buni o'zingiz ham
bilasiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2