Fe'lim g'alat, o'ziga xosman.
Ko'chalarda sang'iyman nuqul,
To'shagim yer, boshpanam osmon!
Talab qilib Haq karamini,
Yashamayman tishimni qayrab.
O'ylamayman qorin g'amini,
Tirikmanmi? Har kunim bayram!
Na yorim bor na tayin manzil,
Egnimda bir eskirgan mato.
Ota-onam... Mayli, behazil,
Ismimni ham bilmayman hatto.
Bilganim shu: o'z-o'zimga bek...
Yelkalarim yolg'izlik ezgan.
Nomahram tug'ilgan boladek,
Kindigimni yetimlik kesgan.
Borligimni payqamas birov,
Na qatorda, na borman sonda.
Azob do'stim, nafsim esa yov,
Ruhimning jilovi iymonda.
Cheksiz davlat qilmayman orzu,
Toshmi, durmi, menga farqi yo'q.
Bir kuni chorlaydi tarozu,
Shuni o'ylab g'arib ko'nglim to'q.
Umr nima? Tamakiday gap,
Yonib bitar lahzada... Amring.
Faqat kechir, mahsharga qarab,
Hechvaqosiz boryapman Tangrim.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3
Hechvaqosiz boryabman Tangrim.
Raxmat Jontemir, ogohlantirganizchun