Odamlar bor, qasd qiladi joningga. Odamlar bor, senga umid tilaydi. Odamlar bor, hasad yölin qöllaydi. Odamlar bor, hamdarding bölib ketar. Odamlar bor, hamyoning shilib ketar. Odamlar bor, sendan ta'ma qilishar. Odamlar bor, seni dóst deb bilishar. Odamlar bor, narvon qôyar osmonga. Odamlar bor, shukr qilar xudoga. Odamlar bor, tulkiga dars berishar. Odamlar bor, buni xazar bilishar. Odamlar bor,makkorlik yölin tutar. Odamlar bor, bir umr sabr etar. Odamlar bor, shafqat qilmas ôziga. Odamlar bor, ma'no köpdir sözida. Odamlar bor, mansab, boylik gadosi. Odamlar bor, sira bölmas xatosi. Odamlar bor, bulbuldan ham pul sörar. Odamlar bor, nochor zörğa kun körar. Odamlar bor, qöli egri, nobakor. Odamlar bor, yomonlik qilmas bir bor. Odamlar bor, qilgan ishi gunohdir. Odamlar bor, savob ishi panohdir. Odamlar bor, shukr, toqat qilmaydi. Odamlar bor, oxiratni öylaydi. Odamlar bor, odam qörqar közidan. Odamlar bor, nur yoğilar yuzidan
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев