1. Ko‘cha-ko‘yda yoki dalalarda, umuman ochiq joylarda namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, oldidan biror hayvon yoki inson o‘tmasligi uchun bir to‘siq — sutra qo‘yish.
2. Namoz boshlayotganda «Allohu akbar» deb bosh barmoqlarini quloq yumshog‘iga, kaftini esa qiblaga qaratish. Ayollar esa, qo‘llarini ko‘krak barobarida ko‘tarib, siynalari ustiga qo‘yadilar.
3. Muazzin takbirda «Hayya ‘alas-solah» deyishi bilan o‘rnidan turish, «Qod-qomatis-solah» deganida, «Allohu akbar» deb namozni boshlash.
4. Qiyomda sajda qiladigan yerga, rukuda oyoq ustlariga, sajdada burnining yumshog‘iga, qa’dada ko‘kraklari o‘rtasiga, salomda esa yelkasiga qarash.
5. Sajdaga borishda avval tizzalarini, keyin qo‘llarini yerga qo‘yish.
6. Namozda esnoq kelsa, og‘izni ochmaslik. Agar bunga kuchi yetmasa, chap qo‘lining orqasi yoki o‘ng qo‘l kafti bilan og‘izni yopish.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев