Предыдущая публикация
Surgun qiling qaytmas tomonga
G'ururimni surib bir yonga.
Yana qaytsa yana sevardim....
Egdi garchi mag'rur boshimni.
Daryo qildi ko'zda yoshimni.
Xuddi o'sha bag'ri toshimni.
Yana qaytsa yana sevardim....
Mayli kulgu bo'lsa ham sizga
Ko'rinmaydi o'zgalar ko'zga.
Mening baxtim bo'lsa ham o'zga
Yana qaytsa yana sevardim....
Qiziqaman tilagi bilan
Baxtli bo'lsin keragi bilan.
Uni sevgan yuragim bilan
Yana qaytsa yana sevardim....
Yuragimni tortib qo'liga
Qalbim to'shay yurgan yo'liga.
Dilim bog'lab yorim ko'ngliga
Yana qaytsa yana SEVARDIM


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев