oddiy xamirdan yupqa yoyib, yogʻda pishiriladigan taom. Boshqa shu kabi pishiriklardan qatlamligi bilan ajralib turadi.
Qatlama tayyorlash uchun suv va tuz qoʻshib oddiy xamir qoriladi, kattaroq zuvalalar uzib, oʻrab, 10—12 minut tindirib qoʻyiladi. Soʻngra har bir zuvala oʻqlogʻi bilan yupqa (1—2 mm) qilib yoyiladi va yoymaga qaymoq yoki sariyogʻ, maska yogʻi, eritilgan qoʻy yogʻidan surtilib, ruletsimon oʻraladi, undan 5—6 sm li boʻlaklar kesiladi. Boʻlaklar joʻvada alohidaalohida 0,5—1 sm qalinlikda yoyiladi, qizdirilgan qozonda yoki tovada atrofiga yogʻ surtib, avval bir tomoni, soʻngra ikkinchi tomoni qizartirib pishiriladi. Baʼzan pishtan Qatlamaning yuziga taʼbga koʻra shakar yoki qand upasi sepiladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5