TOZALOVCHI DIEATA
Menyuingizni yangilash
Sizga mo’jizaviy diyeta kerak emas. Agarda siz o’zingizni yengilroq his qilishni xoxlasangiz va haftasiga 2 kilogramdan ozmoqchi bo’lsangiz dietangizda quyidagi qoidalani qo’llang:
Har kuni 4-5 maxal ovqatlaning. Ovqatlanish orasidagi uzoq tannafuslar sizni “keraksiz” gazaklarga intilishingizga olib keladi. Oz biroq tez-tez iste’mol qilib turing shunda siz gazaklarni iste’molidan qochishingiz mumkin bo’ladi, siz tartibli ovqatlanish vaqtiga o’rganasiz, va sizning tanangiz barcha iste’mol qilingan taomni hazm qiladi.
Nonushta qilishni unutmang. Agarda siz uni unutsangiz yoki kech qilsangiz, sizning, modda almashinuvingiz sekinlashadi. Ilmiy izlanishlarga ko’ra agarda siz nonushta qilmasangiz sizda kechki och qolish hurujlari paydo bo’ladi.
Siz doimo o’zingiz bilan ishga gazak olib ketishingiz lozim. Uyda tayyorlangan sendvich va salatlar ko’chadan ishga ketayotib olingan shirin pishiriqlar dan ko’ra yaxshiroqdir.
Kechki ovqatga yengil taomlarni tayyorlang, asosan sabzavotlardan tashkil topgan. Qish va kuzlarda muzlatilgan foydali masalliqlardan foydalaning.
Ko’p miqdorda suv iching, eng yaxshisi oddiy suv iching. Nonushtadan avval limon yoki yalpiz yaproqlari solingan bir stakan suv iching.
Qilinishi kerak bo’lmagan ishlar ro’yxati
Iste’mol qilishdan qochadigan ovqatlar ro’yxatini tuzing. Bu ro’yxatda unchalik ko’p narsalar bo’lmasligi kerak. Gazlangan ichimliklar va shirinliklarni tashlashingiz kifoya shunda siz tezda oziganingizni ko’rasiz.
Choy o’rniga suv iching va shokolad o’rniga yong’oqlar, mayiz yoki klukva iste’mol qiling.Tolalar zudlik bilan zarur
Asosan tolalar makaron maxsulotlari, sabzavotlar va mevalarda (po’stlog’i bilan) uchraydi. Ularsiz ozish va yaxshi aqliy qobiliyatga ega bo’lish qiyindir.
Kletchatka oshqozon tizimini yahshilaydi va hazm bo’lishda yordam beradi. Tarkibida oz miqdorga tolaga ega bo’lgan yengil ovqatlar ham qorinni to’ydiradi – bu sizni tamaddi qilish va shirinlik xoxlashingizdan saqlaydi. U iste’mol qilayotgan taomlarimizdagi ko’plab zararli moddalarni so’rib oladi va ularni tez hazm bo’lishiga olib keladi. U oshqozondagi kislotalarini birlashtirib ularni qayta so’rilishini imkonsiz qiladi – bu orqali u qondagi xolesterol
miqdorini kamaytirib, aterosklerozni oldini oladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9