— Baqoev haq bo'lib chiqdi. "Aktobe"ga o'tganimdan zarracha afsuslanmadim. Shaharda futbolni juda sevishadi, o'yinlarga ko'plab jamoalar tashrif buyurishadi. Jamoada yaxshi muhit yaratilgan. Murabbiyimiz ham yaxshi va tashkilotchilik yuqori darajada. Qozog'iston chempionati ham yaxshi saviyada. Barcha jamoalar tarkibni yaxshi o'yinchilar bilan to'ldirishgan. Klublar o'z safiga 7 nafargacha legionerlarni qo'shib olishi mumkin. Shuning uchun oddiy o'yinlar yo'q. Autsayder jamoa etakchi jamoalarni mag'lub eta olishi mumkin. O'zbekiston chempionatidan farqli ravishda, u erda 3-4 jamoa yuqori o'rinlar uchun kurash olib boradi, bu erda yuqori o'rinlar uchun kurashuvchi jamoalar safi kengroq.
— Shunday taassurot uyg'ondi-ki, Qozog'iston chempionatiga moslashib ketishingiz uchun sizga vaqt kerak bo'lmadi. Dastlabki o'yindayoq gol urdingiz, uchinchi o'yinda ham yana bitta gol...
— Men Farg'onada tug'ilganman. Axir bu Markaziy Osiyo. Qozog'iston ham unga kiradi. Bizda— sobiq ittifoq tarkibidagi Osiyo mamlakatlarida mentalitet deyarli bir xil. Til ham bir-biriga yaqin, hattoki ovqatlar ham o'xshash. Shuning uchun jamoaga kirishib ketishga ko'p vaqt sarflamagandirman. Barchasi bir tekis amalga oshdi.
— O'zbek uchligi— Kapadze, Geynrix, Bikmaev "Aktobe" o'yinini ancha kuchaytirdi, degan fikrlar paydo bo'ldi...
— Bunga men baho bermaganim ma'qul. Biz anchadan beri bir-birimizni bilganimiz va hozir ham bir jamoada o'ynayotganimiz foydali bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasini ham qo'shib hisoblaganda, ikkita jamoada birga o'ynab kelamiz. Shuning uchun yangi jamoaga qo'shilib ketishimiz oson bo'lgan bo'lsa kerak.
— "Aktobe"da yana qancha muddat o'ynaysiz?
— Men va Maratning shartnomasi kelasi yil so'ngiga qadar tuzilgan bo'lsa, Geynrixning shartnoma muddati shu yil so'ngida yakunlanadi. Sasha "Paxtakor"dan ijaraga olingandi. Mana barcha vaziyatni ochib berdim (kuladi).
— O'zbekiston terma jamoasi safidagi o'yinlaringiz va qo'lga kiritgan yutuqlaringiz bo'yicha O'zbekistonda sizga teng keladigani yo'q. Sovrinlaringiz safiga ilk urinishda Qozog'iston chempionatining bronza medalini qo'shib qo'ydingiz. Yoki bu medalni sovrinlar qatoriga qo'shmaysizmi?
— Nega endi? Bronza uchun ham anchagina mehnat qilish kerak. Albatta, 3-o'rindan ham yuqoriga ko'tarilishimiz mumkin edi... Bu futbol, unda oldindan taxmin qilib bo'lmaydi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев