Qandaydir orzular tushdi yurakka.
So'zlarim bari rost, burma ertakka,
Seni sevganimning nimasi gunoh? .
Sevgi osmonida uchib yursalar,
Sevishgan ko'ngillar devona dillar.
Nahot, bu onlarni ko'rolmaydilar,
Seni sevganimning nimasi gunoh? .
Muhabbat Allohdan berilgan ne'mat,
Sevish sevilshning ozi katta baht.
Nahotki, bu sevish shunchalar uyat,
Seni sevganimning nimasi gunoh? .
Bilmadim, bu dunyoda do'st bo'lmas ekan,
Do'st deb bilganim ham bir qallob ekan.
Sevganim bir gul-u boshqalar tikan,
Seni sevganimning nimasi gunoh?.
Ahir ularda ham borku dil yurak,
Birov ko'nglin parchalash ne uchun kerak?
Yo'q! ular tosh yurak misoli kesak.
Seni sevganimning nimasi gunoh? .
"Ular" ning ko'nglida yoqmi muhabbat,
"Ular"ga bir kalom, bir dona faqat.
"Ular"ga ming la'nat bolsin, mimg la'nat.
Seni sevganimning nimasi gunoh?
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев