Mobile.uz forumida paydo bo‘lgan UMS mobil aloqa operatorining logotipi sobiq «MTS-O‘zbekiston» kompaniyasining Farg‘ona viloyatidagi bosh ofisi peshtoqi oldida paydo bo‘ldi.
Bu haqda kun.uz xabar bermoqda.
Ushbu e’lon fotosurati Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhiga joylashtirilgan.
Tasvirdan ma’lum bo‘lishicha, «MTS-O‘zbekiston» logotipidagi belgi o‘z o‘rnida qolgan, faqat «MTS» so‘zi o‘rniga «UMS» so‘zi mavjud.
Aytish lozimki, yangi kompaniya logotipi aynan shu ko‘rinishda bo‘lishi UMS vakillari tomonidan tasdiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, faoliyati 2012 yilda amalda to‘xtatilgan «MTS-O‘zbekiston» («O‘zdunrobita») negizida tashkil etilayotgan UMS aloqa operatori 2014 yil 1 dekabrdan tijoriy faoliyatini yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев