Bu haqda 4-noyabr kuni e'lon qilingan hisobotga tayanib "RIA Novosti" xabar berdi.
Xalqaro valyuta fondi bosh binosi. Foto: "RIA Novosti"
Nashrning eslatishicha, XVF oktabrda ushbu ko'rsatkichlarning 6,2 va 6,4 foizga teng bo'lishini aytgan edi. Fond fikricha, KMO mintaqasida iqtisodiy faollik susaymoqda. Bunga xususan, asosiy savdo sheriklari va pul o'tkazmalari manbalaridan biri bo'lgan Rossiya bilan bog'liq mintaqaviy tanglik, shuningdek KMOdagi qator mamlakatlarda ichki talabning kamayib ketishi sabab bo'lmoqda.
Hisobot mualliflarining ta'kidlashicha, Rossiya va Ukraina o'rtasidagi geosiyosiy keskinlikning kuchayib borishi KMO mintaqasi uchun qisqa va o'rta muddatli oqibatlar keltirishi mumkin.
XVF ekspertlari fikricha, mintaqadagi neft eksportchilari bo'lgan Ozarbayjon, Qozog'iston, Turkmaniston va O'zbekiston uchun 2014- va 2015-yillardagi iqtisodiy o'sish 5,6 va 5,7 foizni, neft importchilari — Armaniston, Gruziya, Qirg'iziston va Tojikiston uchun esa 4,6 va 4,9 foizni tashkil qiladi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев