Предыдущая публикация
Uff.uz .
Hujumchi Lionel Messi uchun bu uchrashuv “Barselona” tarkibida barcha musobaqalardagi 435-o‘yin bo‘ldi. Bu o‘yinlarning 300 tasida kataloniyaliklar g‘alabaga erishgan, 86 bora durang o‘ynagan va 49 ta mag‘lubiyatga uchragan.
“Eybar”ga qarshi kechgan mazkur bahsda Messi Ispaniya chempionatida 250-golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu borada rekord natijaga erishgan Telmo Sarraga yetishiga bittagina gol qoldi. Eslatib o‘tamiz, Messining joriy mavsumdagi gollari soni yettitaga yetdi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев