Cubadebate.cu sayti orqali ma’lum qilishicha, Kuba Ebolaga qarshi kurashda AQSh bilan hamkorlik qiladi.
Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda.
“Kubalik tibbiy xodimlar amerikaliklar bilan shuncha yillardan beri bir-biriga dushman bo‘lgan ikki davlat o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga intilish uchun emas, balki bu vazifaga (Ebola virusiga) yechim izlashda jon dili bilan hamkorlik qiladi”, — deb qayd etdi Kastro.
Yetakchi, shuningdek, hamkorlik butun dunyoda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan urinish bo‘lishini ta’kidladi.
Fidel Kastroning aytishicha, 20-oktabr kuni Gavanada Karib dengizi va Lotin Amerikasidagi bir necha davlat rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda olib boriladigan muzokaralarda Ebola virusi tarqalishining oldini olish uchun zarur chora-tadbirlar muhokama qilinadi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев