Предыдущая публикация
Qiynalar yolg'iz boshim,
Yetmas sabru bardoshim,
Bu g'amlarga chidolmay,
Sekin oqar ko'z yoshim.
Qalbim mehringizga zor,
Sizdan boshqa kimim bor,
Goh bersangiz ozor,
Sekin oqar ko'z yoshim.
Yig'lab ovunsam jonim,
Yolg'iz og'rinsam jonim,
Sizni sog'insam jonim,
Sekin oqar ko'z yoshim.
Bag'rimda bir yonar chog',
Hayot sinovlari ko'p,
Oshiqlarga rahmi yo'q,
Sekin oqar ko'z yoshim.
Baxtim, quvonchko'ylagim,
Siz deb urar yuragim,
Bilmasangiz keragim,
Sekin oqar ko'z yoshim.
Oshiq Ahad telbasan,
Darding bilan birgasan,
Sevganimni bilmasang,
Sekin oqar ko'z yoshim.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев