Qiz bor uyning fayzi bo'lak deydilar,
Jannat yo'li- qiz bor yo'lak deydilar.
O'ngirimda o'g'lim yo'q deb o'ksinmang,
Tog' bo'lmasa qir ham tirgak diydilar.
Elning baxti botirlarga yor bo'lsin,
Ominalar, Xolidalar bor bo'lsin.
Qiz yo'q yurtda ko'klamlar sep to'sharmi?
Kelini yo'q to'ylar to'yga o'xsharmi?
Qizlar borki o'lka omon qo'rg'on but,
Qiz kutmasa yigit olov kecharmi?
Jonlar ilhaq ilinjlar tumor bo'lsin,
Masudalar, Masumalar bor bo'lsin.
Qizi yo'qning oysiz homush osmoni,
Qizi borning qasirdir honodoni.
Shu mushtigu shu mushtipar parvonang,
Yigit yo'lning qiz ko'ngilning sultoni.
Ota uyda har kuni baxor bo'lsin,
Mavludalar, Maxzunalar bor bo'lsin.
Ey Muhammad olti og'a ining bor,
Birda yaxshi Birda yomon kuning bor.
Bir kun boshing botar bo'lsa bolishga,
Qizlaringdan yaqin yana kiming bor.
Sovchilari eshigida zor bo'lsin,
Nozimalar, Madinalar bor bo'lsin.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4