Muallif: Azizbek Mamasobitov (Orion Software)
Maykl Jeksondan bizga ulkan badiy meros qolgan. Bularni biz o'zbeklar to'liq tushuna olmaymiz. Ko'pchilik quloqni og'rituvchi qo'shiqchi deb biladi. Uning eng katta kasfiyoti "Oyda yurish" tomoshasidir. Qo'shiqlari esa xilma-xil. U pop-musiqa san'atini dunyoga tanitdi. Birinchidan, pop-musiqa yo'nalishini yangi bosqichga olib chiqa oldi. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasida bu musiqiy yo'nalish haqida ko'proq salbiy jihatlari yozilgan. Ko'cha tilida, zamonaviy qo'shiq orqali jamiyat qusrlarini ochib bera oldi. Hayotni shu oddiy ko'cha gaplari, shovqinli musiqalari bilan bayon eta olgan. Bularni birma-bir ko'rib chiqaylik (sizlarga bu musiqiy asarlarni tinglab ko'rishingizni tavsiya qilaman):
Black or White - Oqlar va Qoralar haqidagi ajoyib qo'shiq. Bu qo'shiqda irqchilik qoralangan;
You are not alone - Sen yetim emassan. Bolalar haqidagi qo'shiq. Va, eng mashxur qo'shiqlaridan biri. Pop qiroli konsertlarni ko'pini shu qo'shiq bilan yakullagan;
Who is it - Kim o'zi u. Bu qo'shiq esa zino yo'liga kirib qolgan qizlarga aytilgan. Bu qo'shiqni klipi ham o'ziga xos tariqa olingan;
Liberian gril - Liberilik qiz. Sevgi haqidagi mashxur qo'shiq;
Man in the mirror - Erkak tasviri. Erkak kishi qudrati yo'q narsani bunyod qilishi yoki bor narsani yo'q qilib yurishi haqida;
Smooth criminal - Smokingli jinoyatchi. Enni ismli qizaloqni himoya qilayotgan, smoking kiygan "jinoyatchi" haqidagi qo'shiq;
Money - Pul. Qo'shiq bilib turganingizdek pul haqida. Endi Shaxriyor repper ni "Pul bo'lsa qo'lda, changaldi sho'rva" degan jumlalarni eslang. Bizning repper muxlislarni qayerga tortyapdi;
Earth song - Yer qo'shig'i. Global miqqiyosda haroqatni o'zgarishi haqida. Klip so'ngida Maykl Jeksonni yuqori tempdagi ovozidan vaqt ortga qaytib yeqilgan daraxtlar tik turib qolishi, zararli gazlarni zavod ichiga qaytib kirishi, o'lik filni tirilishi va shu kabi g'ayorib voqealar ko'nglingizda g'alati quvonch paydo bo'ladi;
They don't care about us - Ular haqida hech kim o'ylamaydi. Rio de-Janeriyoda olingan klipni barcha eslasa kerak. Bu qo'shiqni ikkinchi klipi ham mavjud. Unda Amerika qamoqxonalarida qiynalayotgan maxbuslar haqida.
Bad - Yomon. Yomon yigitlar haqida. Maykl Jekson ko'cha yigitlari haqida kuylagan. Lekin, ular orasida kim aslida kim ekanini isbotlagan. Qo'shiqni "Who is bad" (Kim yomon?) iborasi bilan tugatgani ham katta ma'no anglatadi.
Off the well (Rasm-rusumdan xoli), Threller (Triler), 2 Bad (2 yomon), Human Nature (Inson tabiati) va boshqa qo'shiqlari ham juda mashxur.
Mayklning muxlislari dunyoning istalgan qit'asida mavjud. U insonlar qalbida abadiy qoladi. Uning ko'plab asarlari esa shaxs jamiyatini esgulikka yetaklaydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев