Guli Asalxo’jayeva: Tug’ilgan san’a: 1979-yil, 24-may
Oila: San’atkorlar oilasida tug’ilganlar dadalari, akalari va opalari ham san’atkor, qo’shiqchi va sozanda bo’lganlar.
Bolalik: San’atga bolaligidan boshlab qiziqishi uyg’ongan. Maktabda paytlaridayoq san’at bo’yicha turli ko’rik tanlovlarda g’olib bo’lib kelgan turli faxriy yorliqlar bilan maktabni tugatgan.
Institut: Teatr va Rassomchilik institutiga o’qishga kirgan va chuqur bilimlar olib katta san’atga qadam qo’yganlar.
Oilali. Turmush o’rtoqlari ham san’atkor bo’lganlari uchun san’atini to’g’ri tushunib ularga yordam beradilar.
Birinchi qo’shiq: Shuxrat Zokirov musiqasi bilan "Qizil gul” qo’shig’I hisoblanadi
Mashhur qilgan qo’shiq "Ketma” deb nomlangan
Guli Asalxo’jayevaning sevib, har doim hirgoyi qilib yuradigan qo’shiqlari: "Qizgina” , "Bolajon”
Sevib eshitadigan qo’shiqlari: har qanday yaxshi qo’shiqlani sevib eshitarkanla
Sevimli qo’shiqchilari: Alisher Fayz
Jahon estradasidan ko’pincha sharqona qo’shiqlarni sevib tinglaydilar
Shoirlar: Umuman shoir tanlamas ekanlar, Yaxshi sher bo’lsa shu sherlarni ijro etaverarkanla. Shu paytgacha Munavvara Abdullayeva, Toxir Muhammad, Hayot Shodmon kabi shoirlarning sherlaridan foydalanganlar.
Bastakorlar: Shuhrat Zokirov, Azimjon, Ilhom Mamatov, Dilmurod Matkarimov va boshqalarning musiqalaridan foydalanadilar.
Oldin sher yoziladimi yoki musiqami? –Ko’pincha sher oldin yoziladi, lekin ayrim hollarda musiqaga sher yoziladigan holatlari ham bo’lib turadi.
O’zingiz ham musiqa bastalab turasizmi degan savolimizga yo’q mani kasbim emas degan javob oldik
Yakkahon konsertlari bo’lmagan, Mavluda Asalxo’jayeva bilan Duet konsert qo’yganla.
Yaqinda yana duet konsert qo’yishni rejalashtiryaptila ekan. Guli Asalxo’jayeva o’zi yakkaxon Konsert qo’yish imkoniyatiga ham ega, faqat ko’pchilik mutaxasislarning fikrini inobatga olgan holda duet konsert bermoqchi ekanini ta’kidlab o’tdi.
Chet tillari: Chet tillaridan Rus tilida qo’shiq kuylagan Guli Asalxo’jayeva Ingliz tilini ham o’rganishga harakat qilyapti. Hamda Rus va ingliz tillarida qo’shiq kuylab xalqaro ko’rik tanlovlarda ishtirok etmoqchi. Ayniqsa Guli Asalxo’jayevaning O’zbekcha qo’shiqlar bilan jahon Estrada olamini lol qoldirish niyati borligi odamni quvontiradi.
Hozirgacha Xitoy va Turkiyada bo’lgan Guli Asalxo’jayeva, chet davlatlaridan Malaziya Tailand kabi go’zal davlatlarga dam olish uchun borish niyati bor.
Keyingi intervyuning kimdan olinishini so’raganimizda Guli Asalxo’jayeva hech ikkilanmasdan opamdan deya javob berdi. Mana chin opa-singillar, singilning opaga bo’lgan hurmati.
Yurtimiz tinchligini Yaratgandan so’rab muxlislarga baxt soadat va hotirjamlik tilab, bayram va to’ylarimizning ko’p bo’lishini tilagani holda Guli Asalxo’jayeva bilan suhbatimiz yakuniga yetdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2