Birovga oshkora etmaydi sirin.
Dardi kopdir kulib turar ko'zlari.
Izlaydi o'ziga ozgina taskin.
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Hayotning tashvishi g'am alamidan.
Oqarib boradi qaro sochlari.
Uyalmaydi hatto ko'stu kamidan.
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Vaqt topib boradi juma namozga.
Savobli ishlarni kanda qilmaydi.
Besh yillab chidaydi bahor va yozga.
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Goho oilasin qo'msab yig'laydi.
Yosh bilan yuvilar hatto yuzlari.
Bemor bolsahamki tinmay ishlaydi.
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Kimdir ayro bo'lar ota uyidan.
Bormoqqa iloj yoq olis yollari.
Qayg'ulari ulkan hatto bo'yidan.
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Bir kunlik to'y uchun bir yil ishlaydi.
Mehnatdan qavarib ketar qollari.
Huzur halovatni sira bilmaydi.
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Suratlarda ko'rar jajji bolasin.
Gohida o'tadi yilday kunlari.
O'pib erkalolmas to'yib onasin.
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Umr ozlik qilar dardu g'am ulkan.
Yil o'tib bukchayib qolar bellari.
Tiriksan tashvishing tugamas ekan.
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Ollohim asrasin sizni tunu kun.
Tugab borayapti shoir so'zlari.
Siz uchun duoda shu shoir mahzun.
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев