Sevmoq bu
Kechirmoq degani asli,
Toki bu dunyoda quyosh bor, gul
bor.
Yalpizlar gullagan shu bahor fasli,
Sodiq hamdam bo`lgin sen
menga, dilbar.
G`iybatlar tingladim, aylandi
boshim,
Ho`l tuproq kuydirdi
tovonlarimni,
Va mana men uyda ko`nglimni
yulqib
Ko`mdim beor do`stdek
gumonlarimni.
O`ylar suraverdim kechalar
tanho,
Goho, jiqqa yoshga to`lganda
ko`zim.
Va seni sevmoqdan oldin bir kuni
Dildan sevib qoldim o`zimni
o`zim…
Sevmoq bu o`zingni anglamoq
asli,
Toki zamin aro quyosh bor, gul
bor.
Rayhonga ko`milgan shu bahor
fasli,
Sadoqatli yor bo`l sen menga,
dilbar.
Sevgilim, men seni sevaman,
tamom,
G`amgin ko`zing, hadik to`la
ko`zingni.
Sevmoq, bu kunda bir ko`rmoq
baxtidir
Ozg`in qo`llaringni, sepkil
yuzingni…
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев