Ichimdagi gaplar ozodlikka chiqib ketishi uchun. Tirikchilik yo'lida chek chegara bilmay. Bola chaqasini birinchi o'rinda qo'yganlar uchun. To'g'ri o'g'ilbola yig'lamidi o'zim aytganman buni. Xato qilganimni tushunib yetaman xar kuni. Azgina may quy jigar kayp uchunmas. O'g'ilbola ko'zilaridan tomgan yoshlar uchun. Umrida bir bora otani ko'rmay. Xaqiqi ota bo'lishga tayyorlar uchun. Erkak tosh bag'rida mexribon yuragi. Xayot zarbalaridan qolgan chuqur chandiqlari. Xazilkash xayotning xar bir xaziliga. Tik turib mag'rur jilmayganlar uchun. Azgina may quy jigar kayf uchunmas. Yaqinlar uchun tog'larni yelkalaganlar uchun. Otasi o'g'illik bo'ldim deb quvongan kunni. Xaqiqiy o'g'il bo'lib oqlaganlar uchun. Mehir uchun matonat uchun raxmat aytilmay qolgan jasoratlar uchun. Bobolar tarbiyasini o'g'lonlarga yetkazgan xaqiqiy ota qaxramonlar uchun. U sovqqotib yuradi uyini issiq saqlash uchun. U och yuradi uyidagilari to'q bo'lishi uchun. U kaltak ostiga kiradi oilasin bag'rida saqlab. U tiz cho'kadi oilasin ikki oyoqda mustaxkam saqlab. Azgina may quy jigar kayf uchunmas. Farzadnlari uchun sog'ligini yo'qotganlar uchun. Bazilardek borini ko'chaga tashimasdan. Bor budini oilasiga bag'ishlaganlar uchun. Mana mayga to'ldi qo'limdagi piyola. Mayli toshib ketsin quy jigar bu kayf uchunmas. Barcha vaqt ichda yotgan gaplar bugun. Dildan toshib tilga chiqib ketsa bas. Erkak sharoit yaratadi ayoli ojiza bo'lishiga. U charchamay parvona ota onadan duo olishga. O'zini parchalagan oilaga ishga. Peshonadagi terni alishtiradi xaloli rizqga. Azgina may quy jigar kayp uchunmas. Ayolini asragan barcha erkaklar uchun. Aqalli bir tun tongacha beshikni tebratib. Tongda jimgina yana ishga ketganlar uchun. Azgina may quy jigar farzand o'stirganlar uchun. Yemay yedirib kiydirganlar uchun. Azgina may quy jigar qiz o'stirgan otalar uchun. To'yi kuni to'kilgan xaqiqiy ko'z yoshlar uchun
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев