Предыдущая публикация
ber,
Azizam, ayama lablaring totin.
Men senga bo'layin sadoqatli er,
Sen menga bo'lsang gar vafoli xotin.
Biz baxtli bo'lamiz, qo'llaringni ber,
Istagim ko'rmoqlik yashirin xoling.
Men ko'rmagan baxt ne, men
yozmagan she'r,
Sening visoling u, sening visoling.
Biz baxtli bo'lamiz, qo'llaringni ber.
Chexrangga bag'ishlay butun olamni.
Onangga tushuntir "sevganim shu"
de,
Quruq qaytarmasin sovchi onamni.
Biz baxtli bo'lamiz, qo'llaringni ber.
Ikkimiz qo'yaylik bir yostiqqa bosh.
Parvardigor ursin, yutsin meni yer,
Bexuda oqizsam ko'zlaringdan yosh.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев