Предыдущая публикация
O'tmish yodiga, Bugun,
BUGUN bilan yolg'iz qolaman.
Kerak bo'lsa, o'sha Taqdir oldiga,
Qo'llarimni qo'yvor o'zim boraman..!
Dunyo chopayapti, omad otida,
Men esa, manzilga yayov boraman.
Muttaxam emasman, Dunyo oldida,
Qo'llarimni qo'yvor, o'zim boraman!
Kelma! Ketavergin, qalb oromiga.
Meni tinch qo'y, mayli yolg'iz qolaman.
Seni qo'rqitgan shu Dardning domiga,
Qo'llarimni qo'yvor, o'zim boraman!
Ibtido, Intixo - Umr kavkabi,
Teginma! Qabrimni o'zim solaman.
O'lim oldiga men Muhammad kabi,
QO'LLARIMNI QO'YVOR, O'ZIM BORAMAN
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев