Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn
al-Mug‘ira ibn Bardazbah al-Juafiy al-
Buxoriydir. U Buxoroda katta olim
oilasida 810 yil 20 iyulda tug‘ilgan. U
yoshligidanoq o‘zining o‘tkir zehni va kuchli iqtidorini namoyon qiladi.
Muhammad Buxoriy go‘dakligidayoq
otasi dunyodan o‘tadi va onasining
qo‘lida qoladi. 16 yoshida onasi va akasi Ahmad
bilan birga hajga borib, 4 yil Makkada
yashagan. Yo‘l-yo‘lakay Balx, Basra,
Kufa, Bag‘dod, Xums, Damashq, Misr,
Makka va Madina singari ko‘plab
shaharlardagi hadisshunos olimlardan saboq oladi. Bu paytda u mashhur
muhaddislar Abdulloh ibn Muborak va
boshqalarning hadis to‘plamlarini
to‘lig‘icha yod olib ulgurgan edi. Buxoriy 18 yoshga kirganda bir qator
yirik ilmiy asarlar muallifi edi. Uning
ustozlaridan Shayx Doxiliy
shogirdining quvvai hofizasiga,
bahslashish mahoratiga, dalillarni
keltirishdagi izchil mantig‘iga ko‘p marta qoyil qolgan, tan bergan va uni
olqishlagan edi. Buxoriy islom
mamlakatlarini kezib, jami 600 ming
hadis yozib olgan. Al-Buxoriy
umrining so‘nggn kunlarini
Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida o‘tkazadi va hijriy 256
(milodiy 871) yilda vafot etadi. Asarlari: «Al-Jomi’ as- sahih» («Ishonarli to‘plam»), «Al-
Adab al-mufrad» («Adab
durdonalari»), «Kitob asmo’ is-
sahobi», «Kitob af’ol il-ibod», «Kitob
ul-favoid», «At-tarix al-kabir», «Tarixi
us-siqot vazzuafomin ruvotil-hadis», «Qazoyi as-sahabat vat-tobe’ini»,
«Tarixi kabir», «Tarixi Buxoro» va
boshq. Linklar: Abu Abdulloh Muhammad Abu
Hasan Ismoil ibn Ibrohim ibn
Mug'iyra ibn Ahnaf Yazdabih al-
Buxoriy
Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu
Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriy)
Imom al-Buxoriy hadislaridan
namunalar
“Al-jome’ as-sahih” kitobi
“Al-adab al-mufrad” kitobi
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7