tomonidan asos solingan. Internetdan
foydalanish uchun hozirda keng
tarqalgan brauzerlar mavjud.
Web browser - Veb yorituvchi. Internet
saytlarida ishlash, bir sahifadan ikkinchisiga o'tish, joylash va yuklash
kabilarni amalga oshiruvchi programma
ta'minoti - brauzer deyiladi. Judayam
katta qulayliklar, sahifani standart
ochish, fayllarni joylash yoki yuklash,
hullas ajoyib narsada bu. Shulardan menga yoqqani Opera brauzeridir. U 1996-
yilda Norvegayalik Opera Software
kompaniyasi tarafidan ishlab
chiqarilgan. Opera Mini esa uning J2ME
mashhur versiyasi bo'lib, mobil
telefonlarda ishlatish uchun mo'ljallangan. HShK va Smartfonlar
uchun Opera Mobile ham shu
kompaniyadan ishlab chiqarilgan.
Bundan tashqari Mozilla Firefox, Flock,
Internet Explorer, Safari, Google Chrome
kabi mashxur brauzerlar mavjud. Hammasining o'ziga hos xususiyatlari bor.
Internetning "Butun dunyo o'rgimchak
to'ri" deb atalishi bejiz emas. U xuddi
minglab kompyuterlarni yagona bir
tarmoqqa ulashga o'xshaydi. Bu
o'rgimchak to'ri dunyo bo'ylab tarqalgan. Internetga ulanish uchun ma'lum bir
provayderga ro'yhatdan o'tamiz. Kimdir
USB modemidan, kimdir mobil
telefondan va boshqa yo'nalishlarda
tashrif buyuramiz. Har bir provayder
ma'lum darajada chegaralangan IP adreslarga ega. Har biri o'z mijozlariga
shu IP adreslarni taqsimlab beraveradi.
Har safar kirganingizda navbatda turgan
bo'sh IP adres sizga beriladi.
Internetda keyinchalik qidiruv xizmatlari
ham keng tarqaldi. Yahoo.com , Yandex.ru , Wikipedia, Google va
boshqalar. Hozirda eng mashxur qidiruv
tizimi Google xisoblanadi. U kuniga 50
millinon qidiruv so'rovini amalga
oshiradi. 8 milliarddan ortiq web
sahifalarini indeksatsiyalagan. 100 dan ortiq tilda qidiruvni amalga oshiradi.
Googlega 1998-yil 7-sentyabrda Sergey
Brin va Larry Page tarafidan asos
solingan. Ishchilari soni 2009-yilda 19786
ta, 2010-yilda 26316 ta deb qayd qilingan.
Googleda boshqa har xil xizmatlar ham mavjud. Ulardan maps.google.com manzilida taqdim etilgan, yer yuzi, oy va
mars sayyorasi xaritasi va sun'iy yo'ldosh
suratlarini o'zi ichiga oladi. Shuningdek
AQSH, Kanada, Yaponiya kabi yirik
mamlakatlar shaharlarining avtomobil yo'llari xaritasini ham taqdim qiladi.
Google kompaniyasi o'z
foydalanuvchilariga 2008-yil 2-
sentyabrda Google Chrome veb brauzerini
taqdim qildi.
Googlening o'zbek tili versiyasiga http:// google.co .uzmanzilidan kirishingiz mumkin.
Yana bir qidiruv tizimi, xususan
Rossiyada eng mashxur xisoblangan
hamda mamlakatning eng katta internet
portali - Yandex.ru . 1997-yil kuzida
ochilgan. 2006-yilda ushbu qidiruv sistemasi Mail.Ruga o'rnatilgan. Saytda
qidiruvdan tashqari kun yangiliklari,
Lug'atlar, Rossiya va Yevropa xaritalari,
afishalar, ob-havo ma'lumoti,
teledasturlar, elektron pochta, to'lov
sistemasi va boshqa xizmatlar mavjud. Qidiruv, elektron pochta va boshqa
xizmatlarni taklif qiluvchi yana bir
mashxur sayt - Yahoo! Ushbu
kompaniyaga 1994-yil yanvarda Stanford
universiteti aspirantlari David Filo va
Jerry Yang tomonidan asos solingan. Kompaniya bosh ofisi Kaliforniya shtati
Sunnyvale shahrida joylashgan.
Ijtimoiy tarmoqlar ham qidiruv
tizimlaridan keyingi o'rinda turadi.
O'zbekistonimizdan ham dunyo
miqyosida mashxur bo'lgan web va wap saytlar yetishib chiqishiga ishonamiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев