Предыдущая публикация
Ishongan bog`u rog`i yo'q,
Suyanayin desa, tog'i yo'q,
Onasini berib qo'yganlar.
Cho'kib qolar baland bo'ylari,
Ko'z yoshisiz o'tmas to'ylari,
Xuvillab qoladi uylari,
Onasini berib qo'yganlar.
Xumorlari tutkan pallada,
Zo'rg'a turar joni tanada,
Yig'lab yurar pana panada,
Onasini berib qo'yganlar.
G'ami yuzga inib ketadi,
"Ona" desang erib ketadi,
Bir zarbga sinib ketadi,
Onasini berib qo'yganlar.
Ilinadi oshu nonini,
Bir qurishga berar jonini,
Xidlab yurar tun ro'molini,
Onasini berib qo'yganlar.
O'lmaydilar Onalar atay,
Qismatimiz shu ekan, netay,
Sizlarni qanday yupatay,
Onasini berib qo'yganlar. ( ♥ )
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев