(Gözal hikoya) Qiz juda sohibjamol edi. Boshqa qizlardan
farqli ravishda hayotga özgacha
nigoh bilan boqardi. 19 yoshli
gözal qizni tabiiy ravishda
sevuvchilar ham bisyor edi.
Lekin uni atrofdagi yigitlar
umuman qiziqtirmas, qanaqadir
özgacha va betakror sevgini
kutardi. Yuragining tub-tubidan
uning kelishini ham his etib
turardi. Shunday kunlarning
birida darsga keldi-yu,
partasining ustida turgan qip-
qizil atirgulni kördi. Gul bandiga
biriktirilgan qog'ozchaga atiga
ikki jumla yozilgandi: "Hayot
gözal..." Negadir qizning lablarida
tabassum uyg'ondi... Keyingi
kunlarda yana bir-ikki bor bu
holat takrorlandi. Qip-qizil atirgul
va doimgi bir xil dastxat... Qiz bu
gullarning sohibi kim ekanligiga
judayam qiziqardi... Kunlarning
birida qiz uyqudan uyg'onib,
derazadan köchaga qaradi va
birdan özgacha hayajonlanib
ketdi. Röparadagi dökonchaning
oppoq devoriga har xil
böyoqlarda katta qilib yurak
shakli chizilgan, uning ichiga qiz
ismining bosh harfi yozilgandi.
Eng ajoyibi esa, surat tagiga
ösha sirli dastxat qöyilgandi:
"Hayot gözal..." Qiz endi doim
ösha sirli yigit haqida öylardi.
Uning özini kuzatib yurganligini
ham yaxshi bilardi. Odamlar
orasidan uning qiyofasini
axtarardi. Avvallari doim öychan
yuradigan qiz endi kulib, jilmayib
yurar, bu tabassumi uni yanada
jozibador körsatardi. Qiz öziga
yuborilayotgan har bir gulni
qöliga olib zavqlanar, chindan
unga hayot judayam gözal
körinardi.
Bahor tonglarining birida
velosipedda sayrga chiqqan qiz
musaffo havo va xiyobondagi
yashil gözallikdan zavqlanardi.
Lekin velosiped g'ildiraklarini
harakatlantiruvchi zanjir örnidan
chiqib ketib, qiz töxtashga
majbur böldi. U zanjirni joyiga
örnatishga urinardi-yu buni hech
eplolmasdi.
- Balki yordamim kerakdir?
Qiz yoniga kelib töxtagan
velosipedli yigitga qaradi.
- Yöq, özim...
- Mana bunday qilish kerak, -
yigit
qizning velosipedi zanjirini
örniga qöydi, - Ana böldi.
- Rahmat!
Qiz yigitga e'tibor bilan qaradi.
Yigit böy-basti kelishgan,
körkamgina yigit edi. "Ayniqsa
kulishi öziga juda yarasharkan",-
öylardi qiz.
- Arzimaydi.
Yigit öz velosipediga ötirib,
qanaqadir yoqimli kuyni xushtak
qilib chalganicha qizdan
uzoqlashdi. Qiz esa uning ortidan
bir zum termulib qoldi...
Qizga atirgullar kela
boshlaganiga
bir oydan oshgandi. Lekin, qiz
haligacha ösha sirli yigitning
kimligini bilolmasdi.
Shunday kunlarning birida qiz u-
bu ishlar bilan ushlanib, judayam
kechga qolib ketdi. Aksiga olib
havoning avzoyi buzuq, kuchli
momaqaldiroq bölayotgandi. Qiz
taksi ushlash maqsadida kollej
yonidagi bekatga kelganida
allaqachon öta shiddatli yomg'ir
boshlangandi. Uyi yaqin-u
bunaqa paytda yolg'iz ketishga
ham qörqib turgandi. Kamiga
bekatda hech kim yöq, osmonni
qoplagan qop-qora bulutlar
atrofni yanada qorong'u
körsatardi. Hammasidan
momaqaldiroqning vahimali
ovozi qizni chöchitardi.
Shu mahalda unga tanish,
yoqimli
ovoz eshitildi:
- Balki yordamim kerakdir?
Bu ösha tongdagi velosipedli
yigit
edi. Qiz juda sevindi. Bu ösha
yigitni yana körganligi uchunmi
yoki boshqa sababdanmi özi
ham
bilmasdi. Lekin yigitga dilidagini
aytmadi:
- Yöq, özim ...
Yigit ham jilmaydi:
- Yomg'ir hali-beri tinmaydi.
- Nima, meni mashinangizda
uyimgacha kuzatib
qöymoqchimisiz?
- Menda yaxshiroq fikr bor.
Yigit shoshib qayergadir yugurib
ketdiyu, zumda qaytib keldi:
- Xösh, qalay?
Qiz yigitning qölidagi oq va
pushti rangli soyabonlarni körib
jilmaydi.
- Bahor oylarida yomg'ir mahali
piyoda yurish zavqli,- dedi yigit.
Ular yonma-yon ketib
borisharkan, qiz öziga
yuborilayotgan gullarning sohibi
shu yigit ekanligini öylay
boshladi. Buni tekshirib körish
uchun yigitga savol berdi:
- Siz yölingizda uchragan har bir
qizga shunaqa yordam qilasizmi?
- Har biriga emas ... hammasiga.
Ular kulishdi. Qiz uyi tomon
ketishayotganda ikki tomonga
ketgan köchaning yigit qaysi
tarafga burilishiga juda
qiziqayotgandi. Muyulishda yigit
qizning uyi taraf burilgach, qiz
sevindi. "Bu ösha yigit", - öylardi u.
- Menimcha uyingiz shu tarafda
bölsa kerak. Chunki narigi
tarafda
shifoxona va boshqa binolar,
atiga bir-ikki xovli bor.
Adashmasam tög'ri ketyapmiz,-
qizning fikrini öqigandek javob
berdi yigit.
- Ha, yaqin qoldi, - xunob böldi
qiz, - aytingchi, hayotni qanday
ta'riflaysiz?
- Menimcha bunaqa sharoit va
vaqt uchun noörin savol,- kuldi
yigit.
Ular qizning uyiga
yaqinlashishgandi.
- Buyog'iga özim ketaman, sizga
katta rahmat.
- Soyabon sizda qola qolsin,
menga oq ranglisi köproq
yoqadi.
"Ey Xudo, - hayolidan ötkazardi
qiz, - mening pushti rangni
yoqtirishimni ham bilarkan!"
- Mayli xayr, - yigit ortga ön
qadamlar tashlagach qiz uni
töxtatdi:
- Hey!
Yigit ögirilib qaradi.
- Savolimga javob bermadingiz.
Yigit ösha yoqimli tabassumida
jilmaydi va baland ovozda
baqirdi:
- Hayot gözal!
Qizning yuragi juda-juda tez va
baland urardi. Qiz ayni damda
baland musiqa eshitayotgandek
öz yuragining dukurini eshitib
turardi. U hayajonlanganidan
yomg'irni ham ilg'amasdi. U
tanish yoqimli musiqani xushtak
qilib chalib ketayotgan yigitning
ortidan qarab qoldi...
Ertasi kundan boshlab qizga
negadir gul kelmay qöydi. Qiz
endi juda ham öychan bölib
qoldi.
U yigit haqida kun-u tun öylardi.
Xuddi hozir balki yordamim
kerakdir, deb paydo
böladigandek tuyulardi. Lekin
yigitdan ham atirgullardan ham
darak bölmasdi. Shu bir-necha
kun ichida qiz özi bilmagan holda
yig'lab ham yuborardi. Ha, qiz
sevib qolgandi. Lekin buni hali
özi
bilmasdi.
Nihoyat bir kuni ösha kutilgan
ovozni eshitdi:
- Salom!
- Salom, - javob berdi qiz.
- Biroz aylanib kelmaymizmi?
- Bahor oylarida yomg'irsiz
havoda piyoda yurish ham
zavqlimi?
- Albatta.
Ular birinchi marta körishishgan
xiyobonni sayr qilishdi. Qiziq
mavzularda suhbatlashishdi.
Nihoyat yigit qizga bir dona qip-
qizil atirgul tutdi. Qiz gulni oldiyu
uning bandiga köz yugurtirdi.
Qog'ozcha yöq edi. Savol
nazdida yigitga qaradi. Yigit har
doimgidek kulib turardi.
- Mana u, - yigit qöllarini yozdi.
Uning kaftiga böyoq bilan ösha
dastxat yozilgandi: "Hayot gözal..."
Keyingi kunlar xuddi shirin tush
kabi tez ötardi. Qiz yigit sevgi
izhor qilganidan keyin özi ham
uni sevishini anglab yetdi.
Chindan ular u-n hayot judayam
chiroyli va zavqli körinardi. Qiz
qachonlardir kutgan hayoliy
röyo
haqiqatga aylanganidan
baxtiyor
edi. Juda ham chiroyli muhabbat
edi bu...
Yigit rassom edi. Qizga juda
chiroyli tabiat manzaralarini
körsatardi. Qiz xuddi ertaklar
olamiga tushib qolgandek baxt
va
sevgidan sarmast yashardi. Yigit
qizga portret sovg'a qildi. Qiz öz
suratiga qaradi. Judayam nafis
va
chiroyli chizilgandi.
- Nega meni bulutlar orasida
turibman? Söradi qiz.
- Chunki sen mening
farishtamsan,- javob berdi yigit.
Har bir kuni gözal edi bu
sevgining...
Lekin öshanda qiz hali özini
oldinda nimalar kutayotganini
bilmasdi...
Kuz kelgach, bir kuni ular odatiy
uchrashadigan xiyobonga yigit
kelmadi. Qiz ancha vaqt kutdi,
xavotir oldi. Ertasiga yigit bilan
körishganida yigitning
nimadandir xafaligini payqadi.
Yigit odatdagidek jilmayardi,
lekin
bu tabassum ortida juda ham
özgacha mahzunlik sezilardi.
- Nima böldi?
- Hech narsa. Kecha unutibman,
kechir azizam.
Shuncha vaqtdan beri atiga
yarim
daqiqaga kechikmagan yigitning
uchrashishlarini unutib qöyishi
mumkinligiga qiz ishonmasdi.
Lekin ösha kuni u hech narsa
demadi.
Keyingi kunlarda ular yana
odatdagidek vaqtlarini
xushchaqchaqlik bilan
ötkazishardi. Lekin qiz negadir
yigitning közlariga boqqanida
yashirin bir ma'noni sezardi.
Yigitning doimgi tabassumi bu
sirni qiz bilib olishiga imkon
bermasdi. Yigit qiz bilan köproq
vaqt birga bölishga urinardi.
Soatlab yonma-yon ötirardilar...
Bir kuni qiz yana uzoq vaqt
xiyobonda yigitni kutib qoldi.
Yigitdan xabar bölavermagach
ketmoqchi böldi. Lekin shu
vaqtda uzoqdan yigit körindi.
- Salom, - dedi yaqin kelgach.
- Nega bunaqa yuryapsiz,
oyog'ingiz og'riyaptimi?
- Ha, jin ursin, velosipeddan
yiqildim.
Ular odatdagidek örindiqqa
ötirgan köyi, quyosh botishini
tomosha qildilar...
Ösha ondayoq qizning yuragi
nimadandir öta g'ash edi. Balki,
ösha kuni qizning yuragi yigit bilan shunday sönggi bor yonma-yon ötirganliklarini sezgandir...
Ertasiga qiz yigitning
shifoxonada ekanligini
eshitganida, karaxt bölib qoldi.
Ming xavotir ila tezda yetib keldi.
Uni yigitning yoniga
qöyishmadi.
Bilsa, yigit juda og'ir kasal ekan.
Kechagi kun tongda kasali xuruj
qilgan va kasalxonaga
keltirishgan ekan.
- Unga yurish mumkin emasligini
aytgandik. Lekin u kechroq
kasalxonadan qochib ketibdi.
Mana oqibati. U oyoqlarini his
qilmaydi. Shol...
Qiz titrab ketdi. Közlariga quyilib
kelayotgan köz yoshlarini
töxtata olmasdi. Xamshiraning sönggi
gaplari öta dahshatli ovoz bölib,
qizning quloqlari ostida
jaranglardi: U oyoqlarini his
qilmaydi... Shol...
Yigit uyg'ongach qiz uning
yoniga kirdi. Yigitning ahvolini
körib, battar siqildi. U yig'lardi,
yigit közlarini shiftga tikkancha
gap boshladi:
- Bilasanmi, seni birinchi marta
körganimda maktabda 7-sinf
eding. Öshanda pushti lenta
taqvolganding...
Yigit biroz tin olgach davom etdi:
- Biram chiroylisanki... Sen bilan
juda shirin hayot kechiraman
deb öylagandim... Buni qara, baribir
peshonaga yozgani bölarkan...
- Bas qiling!
Qiz köz yoshlariga erk berdi.
Juda ham ezilib yig'lardi.
- Yig'lama. Beri kel, muhim bir
gap aytaman.
Qiz yigit aytgandek qildi. Yigit
qizning yuzini silagancha
shunday dedi:
- Qachon hayotda nimadandir
siqilsang, kimnidir sog'insang,
köz yoshlaringni mana bunday
qilib sidirib tashla, - yigit
barmoqlari bilan qizning
közlaridagi yoshni artdi,- Chunki
hayot gözal...
Qiz shu kuni tongga qadar
yig'ladi. Ösha tunda u yigitni
qanchalar sevishini tushundi.
"Men baribir umrbod u bilan
qolaman",- qaror qildi qiz.
Ertasiga shifoxonaga kelgan qiz
yigitni topolmadi. Unga yigitni
tongda Germaniyaga olib
ketishganligini aytishdi. Qiz
holsiz devorga suyanib qoldi. Uning
boshida million xil hayollar
aylanardi. Nega? Öylardi u. Shu
mahalda unga bir xamshira qip-
qizil atirgul keltirib berdi. Qiz
yigit bergan sönggi gul bandidagi
qog'ozchani titragan qöllari bilan
arang ochdi. Unda shunday
yozilgandi:
" Bilasanmi, doktorlar mening
tirik qolishimga deyarli umid yöq
deyishdi. Insult xavfi kundan-
kun oshib borarkan. Sen meni baribir
tashlab ketmasding. Men esa
seni judayam baxtli bölishingni
istayman...
Men juda uzoqqa ketyapman. Bilasan-a, seni
judayam sevaman. Agar sen ham
meni zarracha sevsang,
ötinaman, men uchun ham baxtli
hayot kechir. Sira ham yig'lama.
Yig'laganingda meni yuragim
og'riyotgan böladi. Kelishdikmi?
Men uchun esa baribir hayot
gözal. Ehtimol, ertaga uyqudan
uyg'onmasman, lekin hayotim
juda gözal. Chunki unda sen
borsan..."
Qiz maktubni quchganicha juda
uzoq yig'ladi...
Qiz ikki yil yigitning xotirasi bilan yashadi. Keyin yigit aytganidek yashashga harakat qildi. Bir yigitga turmushga chiqdi. Ammo
uning hayollari tubida hamon eski xotiralar hukmronlik qilardi.
Har lahzada uni yod qilib
yashardi. Ög'illik bölganida, unga yigitning ismini qöydi...
Taqdir qizga hali ancha
sinovlarni tayyorlab qöygan ekan.
Farzandi tug'ilgach köp ötmasdan, eri avtohalokat tufayli dunyodan köz
yumdi. Qiz tag'in köz yoshlari tubiga g'arq böldi.
4 yil vaqt ötib ketdi. Endi qizning hayotdagi bori ög'li va xotiralari edi.
O'g'lini bog'chaga kuzatib
qo'ygach, qiz bir vaqtlar yigit bilan uchrashuv joyi bo'lgan xiyobonga keldi. Uzoq ötirdi. "Hayot gözal" deb, kulib turadigan yigitning qiyofasini köz oldiga keltirdi. Oradan shuncha 8 yil ötgan bölsada, uning muhabbati bir qatra bölsin, kamaymagandi...
Uyga kelgach, yuragi sog'inchdan boshqacha urayotganligini his qildi va özi "shirin xotiralar" deb ataydigan qutini ochdi. Özining portreti, ösha pushti zontik, dastxatlar... Hamma-hammasini bir-bir körib chiqdi. Uyga kirib kelgan ög'il oyisining yig'layotganini kördi. U sekin oyisining yoniga keldi.
- Oyi, qachon hayotda nimadandir siqilsangiz, kimnidir sog'insangiz,
köz yoshlarni mana bunday
sidirib tashlang...
Qiz köz yoshlarini artayotgan ög'liga hayrat bilan tikilib qoldi.
- Buni kim... kim aytdi?
- Bir amaki oyingni sira ham
yig'latma dedilar, rasm chizishni ham örgatdilar.
Qizning yuragi qachonlardir yigit yomg'irli kechada "Hayot gözal" deganidagi kabi zarbli urardi.
"Nahotki u tirik bölsa. . .?"
Qizning yuragi qachonlardir yigit yomg'irli kechada "Hayot gözal" deganidagi kabi zarbli urardi.
"Nahotki u tirik bölsa?"
Qiz tonggacha mijja qoqmadi.
ALLOHdan umidlari puch bölib chiqmasligini söradi.
Ertasi kun bog'chaga borib, rasm murabbiyini söradi. Uni bir xonaga kuzatib qöyishdi.
Xonaga kirgan qiz burchakda turgan yangi chizilgan suratni tanidi.
Qachonlardir tongda
uyg'onganida dökoncha
devoriga chizilgan yurak shakli edi bu. Qiz judayam hayajonlanardi.
- Balki yordamim kerakdir?
G'alati ovoz, qiz 8 yil kutgan
ovoz eshitildi. Ögirilganida qarshisida ösha rom qiluvchi tabassumi bilan yigit turardi...
Yigitni Berlinda 3 yil davomida davolashgan, keyin 2 yilga yaqin nogironlik aravachasida yashagan, nihot keyin butunlay sog'ayib ketgandi.
Ular ancha vaqt bir-birlariga
termulib qoldilar. Qizning sakkiz yil oldingidek chiroyi yigitning ösha vaqtlardagidek jozibador tabassumiga qarshi turardi. Qiz shu yillar ichida ilk marta sevinganidan yig'lardi. Yigit qizga yaqin keldi.
- Qachondir nimadandir siqilsang, kimnidir sog'insang, köz yoshlarni mana bunday sidirib tashla...
Keyingi jumlani ular baravariga aytishdi:
- CHUNKI HAYOT GÖZAL...!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7