hajringda kuyib lahzada ming bir sog’indim….
Telefondan jaranglab chiqqan sokin kuy mudroq bosgan yuragimni uyg’otib yuboradi! Sog’inganim, sog’intirganim qo’ng’iroq qilyapti! Shosha – pisha yashil tugmani bosib, telefonni qulog’imga tutaman:
- Allo?
- …….
- Allo, gapiraqoling….
- Jimjitlik…. Xo’rsiniq… va nihoyat…
- Jonim…
- Quloqlarim erib, telefon tugmachalariga yopishib qoladi go’yo…
Jinnivoy, doim shunaqa qiladi. Atayin yalintira-yalintira oxiri tilga kiradi. Naq ikki kun "xizmat doirasidan tashqarida ” yurib, oxiri qaytibdilarda muhabbat doirasiga …
- sog’intirib yubordingizku farishtam… Meni hijron domiga topshirib nima foyda topasiz-a? Ikki kun ichida o’lar bo’lsam o’lib bo’ldimku! – jismimning yarmiga aylanib ulgurgan mahbubamdan o’pkalanaman…
- Bir sog’intiray dedim-da… -yongan yuragimga olov purkaydi u…
Qayerda bor ekan-a shunchalar chiroyli ovoz?! Quloqlarimdan qalbimga buloqdek oqib kirib, butun vujudimni rohatga burkab tashlaydi…. Farishta! Farishtaginam u meni!.... Har tong uyg’ongach, bir bor ovozini eshitmasam kunim o’tmaydi go’yo… Hart un shirin so’zlaridan bahra olmay ko’zlarimni yumsam uyqu kechamni tark etadi…
- Bir martagina ko’rishaylik, yo’q demang, iltimos… Sizni bir lahzagina ko’rmoq uchun butun hayotimni sadog’a etardim, Farishtam!
- Imkoni yo’q buning…
- Nega ahir?!
- …….
Aytmaydi. Bir yil, naq bir yilki jonimni azoblarga tashlaydi bu qiz… Uni ko’rmaganman… Ammo usiz o’tgan bir onim menga jahannam azobi… Uning qo’ng’iroqgullar jarangidek ovozi, mayin, beg’ubor kulgualari qorong’u hayotimni nurlarga ko’mib tashlaydi… Inson zoti ko’rmasdan turib sevib qolishi mumkin ekan! Ha men uni sevaman! Telbalardek sevaman uni! …
********
- Meni shunchalar ko’rgingiz kelyaptimi?
- Ortiq chidolmayman!
- Agar siz tasavvur qilganingiz darajasida bo’lmasamchi?
- Menga baribir!
- Meni ko’rgach afsus cheksangiz-chi?
- Yo’q!
- Unda … Mayli….
Bir yilu sakkiz oy, o’n besh kun, olti soatu yigirma daqiqa… Shuncha vaqt kutgandim-a bu so’zni! Yuragim qinidan chiqib ketgudey bo’ldi go’yo…
- Qachon?!
- Ertaga … Soat 15:00 da, uyingiz yaqinidagi xiyobonda…
- Sizni qanday taniman?!
- Men o’zim sizni topvolaman…
Bu tun menga uyqu yo’q! Ertaga xiyobonda, soat 15 da… Oh, bu vaqt, bunchalar imillamasa-ya! Qani imkon bo’lsayu, soat millarini qo’llaring bilan burab – burab tashlasang! Farishtaginam, nahot diydoringga to’yar onlar yaqin?!
********
Xiyobonga naq yarim soat oldin yurib emas uchib bordim! Qo’llarimda oppoq atirgullar… Yigirma daqiqa qoldi… O’n daqiqa… Uch daqiqa…
San kettingu ey voh sanam, dildor sog’indim,
hajringda kuyib lahzada ming bir sog’indim….
Shoshganimdan yashil tugmaga ikki qo’llab yopishdim:
- Qayerdasiz?! Qanisiz?!
- Buncha shoshmasangiz…
- Qiynamang iltimos…
- Chindan ham meni ko’rgach afsuslanmaysizmi?!
- Yo’q, yo’q! Qayerdasiz?!
- Orqangizga qarang…
Shitob bilan ortga o’girildim. Qo’llarimdagi oppoq atirgullar yonginamda turgan aravacha poyiga yig’lab bosh urdi. … Beshafqat qismat! Ko’zni kuydirgudek go’zallik ato etibsan-u, nechun bu xilqatni to’kis yaratmadeng?! Bir kam dunyo!
Nogironlar aravachasida o’tirgan, tushlarimda ko’rgan malakdanda go’zal farishta ko’zlarimga maxzun tikildi…
- Xafsalangiz pir bo’ldi a? Ko’rgingiz kelib, sabringiz chidamayotgan edi, endi qochib ketgingiz kelyapti…
Shu tobda o’z-o’zimni do’pposlagim kelib ketdi… Nima qilibdi nogiron bo’lsa?! Nima qilibdi yura olmasa?! Axir uni sevasan-ku?! Sevarding-ku?!
- Nega endi xafsalam pir bo’larkan?! Alloh sizni men uchun, mening baxtimga yaratgan, farishtam! Men sizni qanday bo’lsangiz shundayligingizcha, butun vujudim bilan sevaman! Sizni o’zim, o’z qo’llarimda ko’tarib yuraman ! So’z beraman!!!
Tuproqqa qorishgan oppoq gullarni gullardan-da go’zalroq malakka tutdim…
Behos jaranglagan beg’ubor kulgu ezgin xayollarimni yettinchi falakka uchirib yubordi.
- Jinnivoy! Muhabbatingiz chinligiga endi ishondim! Sinab ko’rmoqchi bo’lgandim sizni!
Andishani bir chetga surib qo’ydim-u, qarshimda qad rostlagan nozaninni quchib oldim…
Farishtam
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев