Baxmal tumanida viloyat hokimi Sayfiddin Ismailov va yoshlar ishtirokida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Unda tuman yoshlari o’z fikr-mulohazalari, takliflari bilan ishtirok etishdi.
Jizzax viloyat hokimining 2014 yil 11 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2124-sonli qarori ijrosini ta’minlash to’g’risida»gi 42-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dasturning I bo’lim, 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda “Hokim va yoshlar” mavzusidagi ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Jizzax viloyatining tog’li hududi bo’lgan Baxmal tumanida istiqomat qiladigan 135 ming nafar aholining qariyib 53 ming nafarini 10 yoshdan 30 yoshgacha bo’lganlar tashkil etadi. Tumanda bugun boshlang’ich tashkilotlar soni 103 ta bo’lsa, “Kamolot” a'zolari 21 ming nafarga yetdi.
Baxmal tumanida bo’lib o’tgan “Hokim va yoshlar” mavzusidagi ochiq muloqot ham har jihatdan samarali o’tdi. Boisi, unda aynan ertamiz egalirining uy-fikrlari, masalalari o’rtaga tashlandi, yoshlar tomonidan bildirilayotgan taklif va mulohazalar, yuzaga kelgan muammolarga mutasaddilar ishtirokida aniqlik kiritilib, shu yerning o’zida hal etilishiga erishildi.
Eslatib o’tamiz, bugungacha Jizzax shahri va Arnasoy tumanlarida ham xuddi shunday ochiq muloqotlar bo’lib o’tgan edi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев