UNIVERSITETI HAQIDA
TO'LIQ MA'LUMOT
Asl nomi: University of
Cambridge
Xalqaro nomi:
(lotincha)Universitas
Cantabrigiensis
Shiori: (lotincha) Hinc lucem
et pocula sacra. Bu yerdan biz
yorug’lik va qimmatli bilim
taratamiz.
Asos solingan yili: 1209
Kansler: baron Devid
Seynsberi
Ilmiy boshqaruvchi: Leshek
Borishevich
Talabalar soni: 18396
Joylashishi: Kembrij,
Kembrijshir grafligi, Angliya,
Buyuk Britaniya.
Oliy o’quv yurtlari bo’yicha
dunyo reytingida Oksforddan
keying o’rinda turuvchi eng
zo’r universittlardan biri
hisoblanadi. 2011 – yilda
ингвоуеш 4 mlrd funtni
tashkil qilgan – Yevropaning
eng boy universitetidir.
Universitet tarixi.
Kembrij universiteti
Oksforddan keyingi Buyuk
Britaniyadagi eng qadimiy
universitet bo’lib, 1209 –
yilda Oksford Universitetini
tark etgan olimlar tomonidan
tuzilgan. Buning sababi
mahalliy aholi bilan bo’lgan
nizolar edi. 1214 – yilda ular
tomonidan Kembrij
Universiteti uchun qonun –
qoidalar ishlab chiqilgan.
Kebrijning ilk talabalariga
falsafa, mantiq, matematika
va klassik tillar o’rgatilgan.
Keyinchalik majburiy fanlar
ro’yhatiga bir qancha aniq va
gumanitar fanlar ham
qo’shilgan. Universitetning
eng qadimgi binosi Pifagor
Maktabi hisoblanadi. U
universitet asos solinishidan
avval, 1200 – yilda qurilgan.
Birinchi kollejga esa Piterhaus
(Piterhouse) 1284 – yilda
asos solingan. Hozirgi kunda
umumiy 31ta kollejga ega.
Mashxur bitiruvchilari.
Yer sayyorasidagi hech qaysi
universitet son jihatdan
Kembrij kabi dunyoga Nobel
mukofoti sovrindorlarini
chiqarib bermagan.
Universitetning 88 ta
bitiruvchilari va
o’qituvchilariga ushbu nufuzli
ilmiy mukofot loyiq ko’rilgan.
Ulardan 29tasi – fizika fani
bo’yicha; 25 tasi – tibbiyot
bo’yicha; 21tasi – kimyo fani
bo’yicha; 9tasi iqtisodiyot;
2tasi adabiyot bo’yicha
sovrindor bo’lganlar. Bu yerda
o’rta asrlarning mashxur
olimlari Isaak Nyuton va
Frensis Bekonlar taxsil
olishgan. Aynan Kembrij
universitetida zamonaviy
nuclear fizika kashfiyotchilari
Ernest Rezerford, N. Bor, J.R
Oppengeymerlar tadqiqot
ishlarini o’tkazib, talabalarga
darslar olib borishgan. Bundan
tashqari Kembrijning siyosat
borasidagi ko’rsatkichlari ham
beqiyos: Kembrijda taxsil
olganlarning 15 nafari Buyuk
Britaniya premer – ministri
bo’lgan, 25tasi esa boshqa
davlatlarning boshqaruv
raislari bo’lib faoliyat
ko’rsatishgan.
Kembrij Universiteti
an’analari.
Kembrij universitetiga kirgan
har bir talaba uning ko’p
asrlardan beri davom etib
kelayotgan an’analarining bir
qismiga aylanadi. Misol
keltiradigan bo’lsak, eng
yomon o’quvchilarga –
yog’och qoshiq berilar ekan.
Oxirgi marta ushbu qoshiq
1990 – yilda Avliyo Ioann
kolleji talabasi K.Xolthausga
berilgan. Ba’zi bir
kollejlarning oshxonalariga
talabalar majburiy forma –
kulrang kostyum, talabalik
mantiyasi va shakli
to’rtburchak kistochkali
shapka kiyishadi. Bitiruv
marosimi Senat binosida
(Senat House) bo’lib o’tadi.
Bulardan tashqari har bir
kollejlarni o’ziga xos
an’analari mavjud.
Kembrijda o’quv jarayoni.
Kembrij 150ta fakultet,
kafedralar, 6ta alohida
maktablarga bo’lingan ilmiy
markazlar va institutlardan
iborat:
- San’at va gumanitar
fanlar
- Biologik fanlar
- Ijtimoiy – gumanitar
fanlar
- Fizika fanlari
- Texnologiyalar
O’quv yili uch semestrga
bo’lingan: Miklmas(oktabr –
dekabr), Lent(yanvar – mart),
Ister(aprel – iyun). Har bir
semester 8 haftani tashkil
qilib, Buyuk Britaniyaning
boshqa universitetlaridan farq
qiladi. Lekin, talaba
semestrlar oralig’idagi ta’til
paytida mustaqil ravishda faol
shug’ullanishi lozim.
Kembrijda o’qitish dasturi.
Ta’lim darajasi – dasturlar soni
Birinchi oily ta’lim dasturi –
40ta
Magistratura dasturi – 55ta
MBA dasturi – 2ta
Tadqiqotlar dasturi – 192ta
Kembrijda talabalar hayoti.
Kembrij talabalarida
arxeologik qazishmalarda
ishtirok etish, speleologiya
bilan shug’ullanish, J.R.R
Tolkinning asarlarini
o’rganish, kamondan o’q otish
va boshqa qiziqarli ishlar bilan
shug’ullanish imkoniyati bor.
Kembrij talabasining hayotida
sport katta o’rin tutadi.
Deyarli har bir Kembrij
kollejida tennis, kriket, regbi
va futbol maydonlari, trenajer
zallari, lodkalar va qayiqlar
bor. Har bir kollejda o’zining
sport jamoasi bo’lib, ular
Universitet miqyosida
o’tkaziladigan chempionat va
musobaqalarda qatnashishadi.
Sport yilining markaziy
chempionati – Versiti
musobaqasi(Varsity matches)
hisoblanadi. Ushbu
musobaqada Kembrij o’zining
azaliy raqibi Oksford bilan
kuch sinashadi.
Kembrijning kampus, muzey
va kutubxonalari.
Universitet kampusi o’zida
fakultetlar, kollejlar, umumiy
yashash joylari, ilmiy
markazlar va institutlarni o’z
ichiga olib, shaharning
e’tiborga loyiq qismi
hisoblanadi. Kembrijga tushib
qolgan odam xo’zini xuddi
o’rta asrlarda yurgandek his
qiladi va bundan rohatlanadi.
Kembrij o’zining xiyobonlari,
maydonlari va daryolari
go’zalligi bilan Oksforddan
qolishmaydi. Universitetda
114ta kutubxona mavjud.
Markaziysi Universitet
kutubxonasi hisoblanadi. U
yerda turli xil mamlakat
tillarida yozilgan 8 milliondan
ortiq kitoblar va qo’lyozmalar
saqlanadi. Kembrij
kutubxonasining boshqa
kutubxonalardan farqi –
o’quvchi xohlagan kitobini o’zi
bilan birga uyga olib ketishi
mumkin. Kutubxonalar kun
bo’yi faoliyat ko’rsatadi va bu
o’quvchilarning sessiyalarga
tayyorlanish vaqtidagi ishlarini
yengillashtiradi. Kembrijdan
8ta ulkan muzey o’rin olgan.
Ular ichidan eng ko’p qiziqish
zamonaviy va qadimiy san’at
eksponatlarini o’zida
mujassam qilgan Fitsvilyam
muzeyiga qaratilgan. Bundan
tashqari Arxeologiya va
Antropologiya, Zoologiya,
Fanlar tarixi muzeylari va
chiroyli botanika bog’i
mavjud.
Joylashishi va Transport.
Kembrij shahri London
shimolidan 88.5 km uzoqlikda
joylashgan bo’lib, u yerdan 45
daqiqa ichida poyezdda borish
mumkin. 50 km uzoqlikdagi
masofada esa Stansted
aeroprti joylashgan.
Kembrij bitiruvchilari
karerasi.
Universitet bitiruvchilarini
ishga joylashishlarida maxsus
markaz – The Careers Service
yordam beradi. Г yerda
internaturalar va mavjud
vakansiyalar haqida ma’lumot
beriladi. Bu yerda talabalarga
kareralarini davom
ettirishlariga yordam beruvchi
maxsus kurslar ham ochilgan.
Yana universitet
bitiruvchilarga o’z
mamlakatlarida ishlash
eshiklarini ham ochadi.
Universitet ish bilan o’qishni
aralashtirishni maslahat
bermaydi.
Kembrijda o’qish narxlari.
- Arxeologiya,
antropologiya, iqtisodiyot,
pedagogika, huquq,
lingvistika, matematika,
politologiya
- va boshqa fanlar 1-2
guruhlari uchun yiliga –
11 829 yevro;
- 3 – guruh fanlari:
arxitektura, geografiya,
musiqa – 15 480 yevro;
- 4 – guruh fanlari:
muhandislik, informatika va
menejment – 18 000 yevro;
- 5 – guruh fanlari:
tibbiyot va veterinariya.
Bundan tashqari xorijdan
kelgan talabaning yashashi
uchun 8 060 yevro kerak
bo’ladi.
Statistika
Xorijdan kelgan talabalar –
22%
Erkak talabalar – 46%
Ayol talabalar – 54%
Aspirant talabalar – 37%
Kunduzgi bo’linma talabalari –
60%
Tungi bo’linma talabalari –
40%
Nirinchi kursda qolgan
talabalar – 0%
Kontaktlar.
Veb – sayt: www.cam.ac.uk Manzil: University of
Cambridge, Cambridge
Admissions Office, Fitzwilliam
house, 32 Trumpington
Street, Cambridge, CB2 1QY,
UK
Telefon: +44(0)1223333308
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2