qolganda,
Seni sevganlarim yodinga
tushsin.
Qismating oldida ojiz qolganda,
Meni kuyganlarim yodinga tushsin....
Sendan baxtlar yuzin bursa yig'lama,
Yuraging alamga to'lsa yig'lama.
Hayotdan umidming so'nsa yig'lama,
Meni aytganlarim yodinga
tushsin....
Suyganing yuz burib vafo
qilmasa,
Bitta shirin so'zin ravo ko'rmasa.
Va'dalar bersa-yu ammo kelmasa,
Meni kutganlarim yodinga tushsin...
Qalbingni dardini aritolmasang,
Umringni bir kunin
yoritolmasang.
Kimnidir qiynalib unutolmasang,
Alam yutganlarim yodinga tushsin....
Ko'z oldingda yoring xiyonat qilsa,
Sen ko'z yosh to'ksang- u
beparvo kulsa.
Atayin yoningda o'zgani quchsa,
Meni ko'rganlarim yodinga tushsin....
Mayli men roziman eslamasang ham,
Sen qaydasan deb izlamasang ham.
Kimgadir bu haqda so'zlamasang ham,
Seni sevganlarim yodinga
tushsin...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев