soni xosiyatli raqam hisoblanadi. Shu bois bu son
bilan bog‘liq bir qancha ajoyibotlar mavjud. 7 kun,
7 iqlim, moddaning 7 ko‘rinishi, 7 avlod, 7 rang, 7
sayyora, 7 dengiz, 7 farz... Quyida mashhur
yettiliklarning eng mashhurlaridan biri yetti
mo‘jiza bilan tanishasiz.
Misr ehromlari faqatgina shu paytgacha deyarli
zararlanmasdan saqlanib qolgan yetti mo‘jizadan
biri. Ehromlarning eng yuksagi fir’avn Xufu (Xeops)
piramidasidir. Uning balandligi 147 metr,
miloddan avvalgi 28-asrda qurilgan. Xufu
ehromining har bir tomoni 233 metrga teng,
atrofini bir marta aylanib chiqish uchun bir
kilometrga yaqin yo‘l bosish kerak. Kattaligi
jihatidan fir’avn Xafra (Xefren) piramidasi ikkinchi
o’rinda turadi. U Xufu ehromidan 2 metr past.
Fir’avn tog‘dek sag‘ana bilan cheklanmay ehrom
oldida yaxlit qoya tiklatib, unga bosh qismi odam
boshiga o’xshatib ishlangan sher shaklini
o‘ydirgan. Bu haykal Sfinks deb ataladi. U inson
kabi donolik va sher kabi kuchlilik ramzini
ifodalaydi.
Bobil osma bog‘lari Qirol Nebuchadnezzar II
tomonidan miloddan avvalgi 600 yilda barpo
etilgan. Bobil (hozirgi Iroq davlati hududida) osma
bog‘lari ustun qilib yuqoriga ko‘tarilgan bir necha
ayvonlardan tashkil topgan. Ularning balandligi 24
metrdan 90 metrgacha yetgan. Daraxtlar va gullar
ayvon ustida o‘sgan va ular Furot daryosi suvi
bilan sug‘orilgan. Afsuski, keyinchalik Furot
daryosining dahshatli suv toshqini uni vayronaga
aylantirdi. Hozir bog‘lar o‘rnida ayvonlarning
xarobalari qolgan, xolos.
Olimpdagi Zevs haykali eramizdan avvalgi 5 asrda
yunon haykaltaroshi Fidiy tomonidan yasalgan. Bu
haykal Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimp
tog‘idagi Zevs ibodatxonasining markazida
bo‘lgan. U kuchli zilzila va Konstantinopol
shahrining yoqib yuborilishi oqibatida buzilib
ketgan.
Artemida ibodatxonasi Kichik Osiyoda joylashgan.
U miloddan avvalgi 356 yilda qurilgan. Artemida
qadimgi Rimda Diana nomi bilan mashhur bo‘lib, u
ov ilohasi hisoblangan. Ibodatxona marmardan
ishlangan bo‘lib, qariyb 120-yil davomida qurilgan
va miloddan avval 550-yilda tugallangan. Koshona
g‘oyat hashamatli qilib bezatilgan, peshtoqiga
noyob haykalchalar ishlangan. Miloddan avvalgi
356-yilda Gerostrat degan kimsa nom chiqarish
maqsadida ibodatxonaga o‘t qo‘yadi. Uning nomi
tarixda bema’ni vahshiylik ramzi bo‘lib qoldi.
Galikarnas dahmasi miloddan avvalgi 353 yili
marmardan ishlangan. U hozirda Turkiyaning
janubi-g‘arbida joylashgan bo‘lib, qirolicha
Artemisiya eri va akasi sharafiga qurdirgan.
Maqbara binosi uch qavatdan iborat. Birinchi
qavati zinasimon poydevor shaklida oq
marmardan ishlangan. Bu qavatda podsho va
uning xotinining qabrlari qo‘yilgan. Kuchli zilzila
tufayli dahma buzilib ketgan va keyinchalik undan
qurilish materiallari sifatida foydalanilgan.
Hozirda dahmadan faqatgina ba’zi qismlar
saqlanib qolgan, xolos.
Rodosdagi haykal qadimgi yunonlarning quyosh
xudosi Gelios sharafiga Kichik Osiyo qirg‘oqlaridagi
grek orollaridan birida miloddan avvalgi 280 yilda
bronzadan ishlangan. Afsonaga ko‘ra ushbu
haykalning bo’yi 32 metrni tashkil etgan. Miloddan
avvalgi 224 yildagi zilzila haykalni yakson qilgan.
Iskandariya mayog‘i Misrning Iskandariya shahri
yaqinida joylashgan. Ushbu mayoq miloddan
avvalgi 280 yilda qurilgan bo‘lib, balandligi 134
metrni tashkil etgan. Uning loyihasini
zamonasining mashhur va talantli me’mori Knidli
Sostrat yaratgan. Balandligi 120 metr uch qavatli
bo’lgan mayoq minora shaklida qurilgan. Uchinchi
qavatga dengiz xudosi Poseydonning bronzadan
ishlangan ulkan haykali o‘rnatilgan.
Dengizchilarning manzilni tez topib olishlari
uchun xuddi shu yerda gulxan yoqilardi. 955 yilda
ro‘y bergan bo‘ron va zilzila oqibatida mayoqqa
shikast yetgan.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев